Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatni
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
2.3.1. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatni boshqarish 1. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatning yuqori boshqaruv idorasi qatnashchilarning umumiy yig„ilishidir. Jamiyat qatnashchisi qatnashchilar yig„ilishidagi o„z vakolatini boshqa qatnashchiga yoki boshqa qatnashchining vakiliga berishga haqlidir. Qatnashchilar nizom fondidagi o„z ulushlarining miqdoriga mutanosib ovozlar soniga ega bo„ladilar. 2. Umumiy yig„ilishning mutlaq vakolatiga: jamiyat faoliyatining asosiy yo„nalishlarini belgilash, uning rejalarini va rejalar ijrosi to„g„risidagi hisobotlarni tasdiqlash; jamiyat nizomini o„zgartirish va to„ldirish; ijro organi va taftish komissiyasi a‟zolarini saylash, chaqirib olish ularning ishlash tartibini tasdiqlash; jamiyat, shu jumladan uning filiallari faoliyatining yillik natijalarini, shuningdek taftish komissiyalari hisobotlari va xulosalari, daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibini tasdiqlash; filiallar va vakolatxonalarni tashkil etish, qayta tuzish va tugatish, ular to„g„risidagi nizomlarni tasdiqlash; 25 jamiyatning boshqaruv organlari mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish to„g„risida qarorlar qabul qilish; rusum-qoidalar va jamiyatning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash, jamiyatning tashkiliy tarkibini belgilash; nizom fondini o„zgartirish; jamiyatni boshqarish organlari, uning filiallari va vakolatxonalari mansabdor shaxslari mehnatiga haq to„lash shartlarini belgilash; jamiyat faoliyatini to„xtatish to„g„risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash; ishtirokchilar tomonidan kiritiladigan qo„shimcha badallar miqdori, kiritish shakli va tartibini belgilash; ishtirokchining ulushini jamiyat tomonidan sotib olinishi masalasini hal et- ish; jamiyatdan ishtirokchini chiqarib yuborish masalalari kiradi. Jamiyat nizomi tomonidan umumiy yig„ilishning mutlaq vakolatiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin. Jamiyat faoliyatining asosiy yo„nalishlarini bel- gilash, uning rejalarini va rejalar ijrosi to„g„risidagi hisobotlarni tasdiqlash, jamiyat nizomini, nizom fondini o„zgartirish bilan bog„liq masalalar yuzasidan qarorlar jamiyat qatnashchilarining 4/3 qismidan iborat ko„pchilik ovozi bilan, qolgan ma- salalar yuzasidan esa oddiy ko„pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ishtirokchini ja- miyatdan chiqarish masalasini ko„rib chiqilayotganda ushbu ishtirokchi yoki uning vakili ovoz berishda qatnashmaydi. 3. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatning istalgan qatnashchisi qatnashchilar yig„ilishlarida masalaning ko„rib chiqilishini yig„ilish boshlanishidan kamida 25 kun avval ko„targan bo„lsagina, talab qilishga haqlidir. 4. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat qatnash- chilarining yig„ilishi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Qo„shib hisoblanganda ovozlarning 20 % dan ko„prog„iga ega bo„lgan jamiyat qatnashchilari istalgan pay- tda va har qanday sababga ko„ra navbatdan tashqari yig„ilish chaqirishini talab qi- lishga haqlidir. Agar jamiyat raisi ushbu talabni 20 kun mobaynida bajarmasa, ularning o„zlari qatnashchilarining yig„ilishini chaqirishga haqlidirlar. 5. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatda hay‟at yo„sinidagi yoki yakkaboshchilik tarzida ijroiya idorasi tuziladi, u jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi. Jamiyat ijroiya idorasi qatnashchilar yig„ilishiga hisobot berib turadi va uning qarorlari bajarilishini tashkil etadi. 6. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat ma‟muriyatining moliya-xo„jalik faoliyatini taftish komissiyasi nazorat qilib bora- di. Taftish komissiyasi ta‟sis hujjatlarida nazarda tutilgan tarkibda tuziladi. Ma‟muriyat a‟zolari taftish komissiyasining a‟zosi bo„lishi mumkin emas. 7. Taftish komissiyasi jamiyatning mansabdor shaxslardan o„zi uchun zarur ma- teriallarni, buxgalterlik yoki boshqa hujjatlarni hamda shaxsiy izohnomalarni talab qilib olishga haqlidir. Taftish komissiyasining a‟zolari jamiyat ijroiya idorasining majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadi. 26 8. Taftish komissiyasi o„zi o„tkazgan tekshiruv natijalarini jamiyat ijroiya idorasiga va jamiyat yig„ilishiga yo„llaydi. Taftish komissiyasi yillik hisobotlar va balanslar yuzasidan o„z xulosasini beradi. Jamiyat qatnashchilarining yig„ilishi ja- miyat balansini ana shunday xulosasiz tasdiqlashi mumkin emas. 9. Taftish komissiyasi, basharti jamiyatning muhim manfaatlari uchun xavf yu- zaga kelgan yoki jamiyatning mansabdor shaxslari suiste‟molliklar qilganligini aniqlagan taqdirda, qatnashchi-larning navbatdan tashqari yig„ilish chaqirilishini talab qilishlari mumkin. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling