Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Download 2.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/193
Sana25.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1722490
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
2.4. To‘liq shirkatlar 
O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, «Xo„jalik jamiyatlari va 
shirkatlari to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunida to„liq va kommandit 
shirkatlar xo„jalik shirkatlari, to„liq shirkat va kommandit shirkat xo„jaliklari 
shaklida tashkil qilinishi, ularning huquq va majburiyatlari o„z ifodasini topadi. 
Barcha qatnashchilari birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan 
hamda shirkat majburiyatlari yuzasidan o„zlariga tegishli bor mol-mulki bilan 
birgalikda javobgar bo„ladigan xo„jalik shirkatlari to„liq shirkatlar deb aytiladi. 
To„liq shirkat tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi shaxslar bilan va tijorat 
tashkilotlari o„rtasida tuzilgan shartnomaga binoan tashkil qilinadi (2.5 - rasm). 
Tijorat tashkiloti yoki tadbirkor faqat yakka holda shirkat ishtirokchisi 
bo„lishi mumkin. To„liq shirkat ishtirokchilari huquqiy shaxs huquqi va to„la 
mustaqilligini saqlab qoladi. Bu huquqlar ularga to„la shirkat faoliyatini olib borish 
imkoniyatini beradi. To„liq shirkat o„z nomiga ega bo„lib, uning barcha 
ishtirokchilarning nomlarini va «to„liq shirkat» yozuvini yoki bir necha 
ishtirokchilardan tashkil topgan taqdirda uning nomlanishida «kompaniya» 
so„zlarini o„z ichiga olishi kerak. Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo„yicha o„zlarining butun mol-
mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar to„liq shirkatlardir. To„liq shirkat 
ta‟sis shartnomasida xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari faoliyatini aniqlovchi ta‟sis 
shartnomasida keltirilgan shirkatlardan tashqari qatnashchilardan har biriga tegishli 
ulush miqdori, ular tomonidan qo„shilgan hissalar miqdori, ularning tarkibi va 
tartibi, shirkat ishlarida ishtirok etish shakli belgilab qo„yiladi. 
To„liq shirkatning faoliyati, barcha qatnashchilarining umumiy kelishuvi 
asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, shirkat faoliyati barcha qatnashchilar 
tomonidan shirkat nomidan ish ko„radigan har bir yoki bir necha qatnashchi 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu holatda qatnashchilarning vakolatlar 
qo„llashi shirkatning qolgan qatnashchilari imzolagan topshiriq bilan belgilab 
qo„yiladi. Agar ta‟sis shartnomasida shirkat ishlarini yuritish vakolatlari 
beriladigan bir necha qatnashchi belgilangan bo„lsa, bunda ulardan har biri shirkat 
nomidan mustaqil ish ko„radi. Shirkat ishlarini yuritish topshirilgan qatnashchilar 
jamiyat nomidan va uning manfaatlarini ko„zlab bajarayotgan ishlari to„g„risida 
qolgan qatnashchilar talabiga binoan ularga to„liq axborot berishlari shart.


27 

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling