1. Inson tanasiga elektr tokini ta’siri
Umumiy
baxtsiz xodisalar ichida, elektr tokidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. Lekin,
elektr
jarohatlanish ichida og’ir turli, ayniqsa o’lim bilan tugaydigan xodisalar 70-75% tashkil qiladi. Elektr xodisalarni
asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalarga to’g’ri keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V
gacha bo’lgan elektr uskunalar keng tarqalgan bo’lib, ularni ishlatadigan xodimlarni
elektr texnikaviy
tayyorlanishi past darajada. Kuchlanish 1000 V dan ortiq bo’lgan elektr
jarohatlarni soni ancha kam,
va ularga
xizmat qiladigan xodimlar mahsus o’rgatilgan va tayyorlangan, sababli baxtsiz xodisalar ham deyarli kam sodir
bo’ladi.
Elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi
elektr jarohat deb ataladi. Elektr tokning xatarligi
shuki, inson o’z sezguvchi organlari bilan, kuchlanishni bor-yo’qligini aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish
ostida qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi.
Insonni
elektr
tokidan
jarohatlanishi
sabablari
quyidagicha:
izolyasiya qilinmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat yegan sababi metal
qismlarga tokni o’tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr
yoyi orqali.
Inson tanasidan o’tayotgan tok: termik,
elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik
jarohatlanish olishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: