Yugori kuchlanish tarmog' idan past kuchlanishga o'tish ximoyasi Reja


Download 327.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana31.01.2024
Hajmi327.66 Kb.
#1817680
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Elektr xavfsizligi

Kichik kuchlanishlarni qo’llash.Elektr tok havfsizligini ta’minlash maqsadida 42V va undan kam 
bo’lgan kuchlanish qo’llaniladi.
Inson tanasidan o’tayotgan tok, kuchlanish va tanani qarshiligi bilan aniqlanadi. Qarshilik orqali kam 
miqdordagi kuchlanishda, kam miqdordagi tok o’tadi. Agar tok o’tishni proporsional emasligini hisobga olinsa bu 
tok ya’nada kamayadi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga EUU (PUE) ikki kuchlanishni qo’llanishni talab etadi: 12V va 36 (42) V. 
Kuchlanish 42V va undan kam bo’lgan yuqori xavfli va ayniqsa, mahsus xavfli sharoitlarda kichik oziqa 


manbaini qo’llanishi shart bo’lgan quyidagi elektr uskunalarda: dastani elektr asboblarini ikki qavat izolyasiyasi 
bo’lmagan holda, eltib yuradigan yoritkichlarida, 2,5 metrdan past joylashgan maxaliy stasionar chog’lanuvchi 
yoritkichlarda, yerga ulangan metal konstruksiyalarga tegib olishi mumkin bo’lgan sharoitlarda.
Kichik kuchlanishlarni manbalari: golvanik elementi batareyalari, akkumlyatorlar, 
vipramitel
uskunalari, 
transformatorlar. Avto transformator yoki reostat orqali kichik kuchlanishni olish man etiladi, bunga sabab, 
olinayotgan kichik kuchlanish yuqo’ri kuchlanish bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Ko’pincha pasaytiruvchi 
transformatorlar qo’llaniladi. Boshqa past kuchlanishni manbalari kichik qo’llaniladi. Pasaytiruvchi 
transformatorlarni qo’llashni yagona havfi – baland kuchlanishni past kuchlanishga o’tib ketishi mumkinligi. Bu 
havfni kamaytirish uchun transformatorni ikkilamchi cho’lg’amini yerga ulab qo’yiladi, yoki nollaniladi. (bitta 
simni uchini kichik kuchlanishni chulg`amini o’rta nuqtasiga ulanadi) yoki, chulg`amlar orasiga yerga ulangan 
statistik ekran o’rnatiladi.
Kichik kuchlanishni qo’llash doirasi elektrlashtirilgan dastak asboblar (shu jumladan dastak poyalniklar) 
bilan, xavfli va ayniqsa xavfli sharoitlarida esa mahalliy yoritkichlar bilan chegaralangan. Lekin kichik 
kuchlanishlarni (12 va 36 V) havfsiz deb bo’lmaydi. Shu kuchlanishida halok bilan tugagan hodisalar ham 
ma’lum. 10V gacha bo’lgan kuchlanishida eng havfsiz darajaga yetiladi, ammo bunday kuchlanishi qo’llanilishi 
ancha chegaralangan (dastaki eltuvchi yoritkichlar, radiopriyomlar va o’yinchoqlar).

Download 327.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling