Yuk ko'tarish moslamalarini avtomatlashtirishning asosiy qoidalari va ahamiyati Reja


To’qimachilik korxonalaridagi transport vositalarining xavfsizligi


Download 22.96 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi22.96 Kb.
#1184529
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza Mavzu Yuk ko`tarish tashish mexanizmlarini xavfsiz ish

4. To’qimachilik korxonalaridagi transport vositalarining xavfsizligi
Zamonaviy to’qimachilik korxonalari juda murakkab va ko’p tarmoqli xo’jalik bo’lib, katta maydonlarni ishg’ol qiladi. Tabiiyki bunday maydonlarda xom ashyo, tayyor mahsulot va yordamchi materiallarni bir yerdan ikkinchi yerga tashish uchun xilma-xil transport vositalari ishlatiladi. Masalan: paxta toylarini paxta tozalash zavodlaridan poezdlarda yoki avtopoezdlarda, traktor va pritseplarda tashib keltirilsa, ularni omborlardan avtomashina, avtokran, elektrokara yoki zanjirli konveyerlarda yigiruv fabrikalariga tashiladi. Tayyor maxsulot esa, yana shu transport vositalari yordamida tayyor maxsulot omborlariga va u yerdan konteyner va vagonlarga ortilib savdo bazalariga yuboriladi. Bundan tashqari sexlararo hamda fabrikalararo transport vositalari ishlab turadi. Bular osma konveyerlar, yuk liftlari, pol ustida yuruvchi aravachalar, tirqishli konveyerlar, osma belanchaklar, aravachalarni sudrab yuruvchi konveyerlar, havo oqimi yordamida ishlaydigan transport vositalari va h.k.
To’qimachilik korxonalarida qo’llanadigan barcha avtomashina va avtopoezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoidalari” talablariga to’liq javob berishi kerak.
Sexlardagi tashish vositalari esa ma’lum aniq marshrut bo’ylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum yo’laklar ustidan o’tmasligi kerak. Belanchak, aravacha, ilgak va zanjirlarning tepadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. Bu konveyerlar odamlar yuradigan yo’l bilan kesishgan yerlarda himoya to’siqlari bilan ta’minlanadi.


5. Suyuq moddalarni va xavfli yuklarni tashish.

Suyuqliklarni tashish uchun vakuum yoki maxsus nasoslar bilan ta’minlangan germetik quvurlardan foydalaniladi. Suyultirilgan gazlar (xlor, ammiak, karbonvodorodlar), azot kislotasi, sulfat kislotasi, benzin, kerosin, neft va boshqa kimyoviy maxsulotlarni jo’natish uchun maxsus belgili, bo’yalgan temir yo’l tsisternalari ishlatiladi. Suyutirilgan, siqilgan gazlarni jo’natiladigan tsisternalar issiqlikdan ximoyalangan yoki metall ximoya kobig’iga ega bo’lishi kerak.


Engil qotuvchi yoki kristallanadigan moddalarga mo’ljallangan tsisternalar esa kobig’ yoki issiqlik ximoyasi bilan jixozlanadi. Suyuk kislorod maxsus termoslarda va 13,5-50 tonna xajmdagi tsisternalarda tashiladi. Engil alanagalanadigan suyuqliklarni tashishda maxsus avtotsisternalardan foydalaniladi.
Suyuq moddalar tashiladigan vositalarda yong’in, portlash xodisalarini oldini olish, xamda statik zaryadlarni to’plamaslik maqsadida xavfsizlik choralari ko’rilishi talab qilinadi. Ishqor, kislotalar, engil yonuvchi suyuqliklarni shisha idishlarda tashish, jo’natish xavfli xisoblanadi.
Kam miqdordagi suyuqliklarni tashish uchun shisha idishlardan foydalaniladi. Bu vaqtda idishni savat yoki taxta yashikda bo’lishi, uni ikki kishi ko’tarishi yoki joylashi talab qilinadi. Xozirgi vaqtda shisha o’rniga polimer materiallar asosida tayyorlangan idishlardan foydalanilmokda.
Xavfli yuklar GOST 19433-81ga asosan to’qqiz sinfga bo’lingan:
1)Portlovchi moddalar,
2)Suyultirilgan, siqilgan, eritilgan gazlar,
3)Engil alangalanuvchi suyuqliklar,
4)Engil alangalanuvchi modda va materiallar,
5)Oksidlovchi moddalar,
6)Zaharli moddalar,
7)Radioaktiv moddalar,
8)Uyuvchi va emiruvchi moddalar,
9)Kamroq xavfli moddalar.
Ular uchun maxsus belgilar mavjuddir.
Xavfli yuklar maxsus tayyorlangan, yakka tartibdangi ximoya vositalari bilan ta’minlangan shaxs kuzatuvida ayrim vagon va avtomashinalarda jo’natiladi. Kunduzi avtomashinalarda xavfli yukni tashish uchun «Ichki ishlar vazirligidan» ruxsatnoma bo’lishi kerak. Jamoat uchun mo’ljallangan transportlarda xavfli yukni tashish, olib borish qat’iy man etiladi.
Xavfli yuklarni ortish, tushirish ishlari maxsus tushuntirish-instruktaj olgan shaxslar tomonidan javobgar kishi nazoratida bajariladi.


Download 22.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling