6. Yuk ko’tarish, tashish moslamalarini tekshirish va rasmiylashtirish
Sanoat va tog’ ishlari xavfsizligi buyicha davlat texnik nazorati (Sanoatkon texnazorat Agentligi) qoidalariga asosan barcha turdagi yuk ko’tarish, tashish moslamalari inspektor ishtirokida texnik ko’rikdan o’tkazilib, rasmiylashtirilishi kerak.
Bir tonnagacha yuk ko’taradigan kranlar, boshqa vositalar korxona ma’muriyati tomonidan tekshiriladi. Tajribali mutaxasislar xar bir uskuna va qismlarni sinab, tekshirib olingan ma’lumotlarni texnik kitobchasiga yozib beradi. Bog’lanadigan arqonlar, zanjirlar, troslar ikki marta ko’p yuk bilan sinaladi va xar o’n kunda qayta tekshirib turiladi.
Yuk kutaruvchi xamma uskunlar xar yili tuzatishdan keyin bir marta statik va dinamik sinovdan o’tkaziladi. Statik sinov yukni 25% ko’proq miqdorda 100mm balandlikka ko’tarish bilan olib boriladi. Odamlarni, xavfli maxsulotlarni ko’taradigan uskunalar faoliyati ikki marta ko’p yuk bilan tekshiriladi, sinaladi.
Dinamik sinovda esa 10% ko’proq yuk bilan tormozlar, chegaralash qismlari, tutgichlar va boshqalarni ishlash qobilyati tekshiriladi. Barcha uskuna yuk ko’taruvchi moslamalar uchun ishlatish darajasini ifodalaydigan texnik pasporti bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |