Yuk va tijorat ishlarini boshqarish
-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 2.84 Mb.
|
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-laboratoriya ishi Yuklarning Uyg‘unlashtirilgan nomenklaturasi bo‘yicha kodini aniqlash va tahlil qilish, minimal vazn normasini aniqlash
- ГНГ bobni
3.1-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
; 4-laboratoriya ishi Yuklarning Uyg‘unlashtirilgan nomenklaturasi bo‘yicha kodini aniqlash va tahlil qilish, minimal vazn normasini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga yuklarning Uyg‘unlashtirilgan nomenklaturasi bo‘yicha kodini aniqlashni va tahlil qilish va ГНГ kodi bo‘yicha universal vagonlarga yuklashning tonnalardagi minimal vazn normasini aniqlashni o‘rgatish hamda bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Temir yo‘l transportida xalqaro qatnovlarda yuklarni tashishda, yuklarning Uyg‘unlashtirilgan nomenklaturasi (Garmonizirovannaya nomenklatura gruzov, quyida ГНГ deb yuritiladi) bo‘yicha yuklar kodlanadi (yuklarning Uyg‘unlashtirilgan nomenklaturasi rasmiy nashr bo‘lganligi uchun, yuklarni nomi o‘zbek tiliga tarjima qilinmadi). ГНГ Xalqaro temir yo‘l yuk qatnovlari haqida bitim (Соглашение о международном железнодорожном грузовом сообщении, quyida СМГС deb yuritiladi) qatnashchisi yoki СМГС qoidalarini qabul qilgan temir yo‘llar hamkorligi Tashkilotiga (Organizatsiya sotrudnichestvo jeleznыx dorog, quyida ОСЖД deb yuritiladi) a’zo – davlatlarida xalqaro yuk qatnovlarida yuklarni ta’riflash va kodlashtirish uchun xizmat qiladi. ГНГ Butun jahon bojxona Tashkilotining (Vsemirnoy tamojennoy Organizatsii, quyida WCO deb yuritiladi) tovarlarni ta’riflash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimi (Garmonizirovannoy sistemы opisaniya i kodirovaniya tovarov, quyida GS deb yuritiladi) asosida yaratilgan va Xalqaro temir yo‘l ittifoqining (Mejdunarodniыy soyuz jeleznыx dorog, quyida NHM deb yuritiladi) yuklarni Uyg‘unlashtirilgan nomenklaturasiga muvofiq keladi. Bo‘limlar, boblar va pozitsiyalar nomi GS ga muvofiq keladi. СМГС qatnashchisi yoki СМГС qoidalarini qabul qilgan har bir ОСЖД a’zo – davlatlarining temir yo‘llari uchun ГНГ majburiydir. ГНГ quyidagi qismlardan iborat: 1-qism pozitsiyalari ro‘yxati, 22 ta bo‘lim, 99 ta bob va 1284 ta pozitsiyadan iborat [5]; 2-qism yuklarni analitik ro‘yxati [5]: 3-qism yuklarni alfavit ro‘yxati [6]. Bo‘limlar, boblar va pozitsiyalar nomi NHM matniga muvofiq keladi. Yuklarni nomi pozitsiya nomiga 1-daraja subpozitsiya, so‘ngra 2-daraja subpozitsiya va h.k.lar kiritish yo‘li bilan shakllantirilgan. ГНГ da yuklarni kodlash belgilari NHM kodlash belgilariga muvofiq keladi va sakkizta raqamdan iborat bo‘lib, uning pozitsiyalarni kodlash belgilari: - birinchi va ikkinchi raqamlar ГНГ bobni idntifikatsiyalaydi; - uchinchi va to‘rtinchi raqamlar mazkur bobdagi yuklarni pozitsiyasini idntifikatsiyalaydi. - beshinchi va oltinchi raqamlar pozitsiyadagi yuklarini nomerini bildiradi; - yettinchi va sakkizinchi raqamlar yukni yanada aniqroq maxsus ta’riflashda foydalaniladi. Yuklarning analitik ro‘yxatida bir xil kodlash belgisida idntifikatsiyalashgan yuklar nomi mavjud. Bunda yuklarni nomi, ularni tavsiflarini aniqlash uchun yanada kengroq imkoniyatlarni beradi. Bunday holatda jo‘natuvchi muayyan yukni nomini o‘zi tanlab oladi. Yuklarning analitik ro‘yxati bo‘limlarni nomini, boblarni va pozitsiyalarni nomini va kodlash belgilarini, kodlarni o‘sib borishi tartibida joylashgan yuklarni aniq nomini va kodlarini o‘z ichiga oladi. Yuklarning alfavit ro‘yxati, analitik ro‘yxatdagi yuklarning alfavit tartibda joylashgan aniq va umumlashtirilgan nomlarini va kodlarini o‘z ichiga oladi. ГНГ bo‘yicha ba’zi bir yuklar bitta, ikkita yoki uchta so‘z bilan ifodalangan bo‘lsada, lekin ba’zi bir yuklarning nomlari anchagina uzun bo‘lib, o‘ndan ortiq so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling