Yuk va tijorat ishlarini boshqarish
Download 2.84 Mb.
|
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha
7-laboratoriya ishi
To‘g‘ri yo‘nalishlarda – ichki qatnovlarda tarif masofalarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga to‘g‘ri yo‘nalishlarda – ichki qatnovlarda tarif masofalarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Tarif masofalarini aniqlash uchun, uchta (1, 2 va 3) kitobdan iborat bo‘lgan №4 Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan foydalaniladi. Agar jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning boshqa-boshqa uchastkalarida joylashgan bo‘lib va shu uchastkalar orasida bir yoki bir nechta tranzit uchastkalar bo‘lsa (7.1-rasm), u holda jo‘natuvchi stansiyadan va tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa (ℓdf) jo‘natuvchi stansiyadan harakat yo‘nalishidagi birinchi tranzit punktgacha (ℓdB), birinchi va oxirgi tranzit punktlar orasidagi (ℓBM) va harakat yo‘nalishidagi oxirgi tranzit punktdan tayinlangan stansiyagacha (ℓMf) bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali hisoblanadi. ℓdf = ℓdB + ℓBM + ℓMf , km 7.1-rasm. Temir yo‘llarda tarif masofasini aniqlash chizmasi bu yerda A, B, ....., M va N – tranzit punkt (uzel stansiya) lar; d – jo‘natuvchi stansiya; f - tayinlangan stansiya; AB – jo‘natuvchi (stansiya joylashgan) uchastka; B ......... M – tranzit uchastkalar; MN – tayinlangan (stansiya joylashgan) uchastka; B – jo‘natuvchi (stansiya joylashgan) uchastkadan chiquvchi tranzit punkt; M – tayinlangan (stansiya joylashgan) uchastkaga kiruvchi tranzit punkt; Jo‘natuvchi (stansiya joylashgan) uchastkadan chiquvchi tranzit punktni va tayinlangan (stansiya joylashgan) uchastkaga kiruvchi tranzit punktni belgilab olish uchun temir yo‘l tarmoq xaritasidan foydalaniladi. Temir yo‘l xaritasi bo‘lmasa chiquvchi va kiruvchi tranzit punktlarni aniqlash uchun ular orasidagi masofalarni ketma -ket 4 marotaba aniqlanadi (3-kitob [4], tranzit punktlar orasidagi tarif masofalar) va eng kam masofaga ega bo‘lgani chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling