Yuk va tijorat ishlarini boshqarish
-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 2.84 Mb.
|
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-laboratoriya ishi Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash
- 6.1-misol: Рахимова
- Рахимова
- 6.1-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
5.1-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
6-laboratoriya ishi Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga mahalliy yo‘nalishlarda tarif masofalarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Tarif masofalarini aniqlash uchun, uchta (1, 2 va 3) kitobdan iborat bo‘lgan №4 Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan foydalaniladi. Agar yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan bo‘lsa tarif masofa jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan ular uchun umumiy uzel stansiyalarigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi. Buning uchun 2-kitob – temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati [3] dan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalari qidirib topiladi. Har bir stansiyaning qarshisida temir yo‘lining nomi, 1-kitob [2] dagi jo‘nash-kelish jadvalining betlari va qatorlari, tranzit punktlarni (uzel stansiyalarni) nomi va ulargacha bo‘lgan masofa hamda ushbu stansiyaning kodi ko‘rsatilgan. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofa jo‘nash-kelish jadvalining 4 yoki 5-grafasida ko‘rsatilgan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi (6.1-rasm). ℓef = ℓeB + ℓBf , km 6.1-rasm. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash chizmasi bu yerda AB, BD – qo‘shni uchastkalari; A, V, D – shu uchastkalarning uzel stansiyalari; B – shu uchastkalar uchun umumiy uzel stansiyasi; e – jo‘natuvchi stansiya; f – tayinlangan stansiya; ℓeB – jo‘natuvchi stansiyadan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofa; ℓBf – umumiy uzel stansiyasidan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa; ℓef – jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa; 6.1-misol: Рахимова stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Рахимова va Самарканд stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Рахимова: Uzbek.; Страница 391; Строка 36; Tashkent- Tovarnыy-15, Хаваст-144; Kod 723704. Stansiya Самарканд: Uzbek.; Страница 390; Строка 43; Мароканд-18, Хаваст-202; Kod 727809. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Рахимова va Самарканд stansiyalari ikki qo‘shni Ташкент-Товарный – Хаваст va Хаваст – Мароканд temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Хаваст ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Хаваст – Рахимова = 144 km; Хаваст – Самарканд = 202 km. Рахимова stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 144 + 202 = 346 km. Xuddi shuningdek 1-kitob [2] ning 391-beti 36-qatori va 390-beti 43-qatori ma’lumotlaridan yoki “ТР №4 Книга 1” faylidan ham Хаваст umumiy uzel stansiyasidan jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalargacha bo‘lgan masofalarni topish mumkin: Хаваст – Рахимова = 144 km; Хаваст – Самарканд = 202 km. Рахимова stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 144 + 202 = 346 km. Eslatma. Umuman olganda ushbu holatda tarif masofasini 1-kitobga murojaat qilmasdan ham 2-kitobdagi ma’lumotlar yordamida aniqlasa ham bo‘ladi. 1-kitobga murojaat qilishdan maqsad, ushbu uchastkalardagi stansiyalar va boshqa ajratish punktlarining joylashishi va ular orasidagi masofalar bilan tanishish edi. Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 6.1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofalarni aniqlaydi. 6.1-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling