Yuk va tijorat ishlarini boshqarish
© Toshkent davlat transport universiteti, 2022
Download 2.84 Mb.
|
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha
© Toshkent davlat transport universiteti, 2022.
Muqaddima Temir yo‘l transportida yuk, yo‘lovchi, bagaj va yuk bagajlarni tashish texnologik operatsiyalarni ma’lum ketma-ketlikda yoki birgalikda bajarish oqibatida, ularning makondagi joylari o‘zgartiriladi – yuklar ishlab chiqarish doirasidan iste’mol doirasiga, yo‘lovchi va uning bagaji tayinlangan manzilga yetkazib beriladi. Texnologik ishlar o‘z navbatida texnik hamda yuk va tijorat operatsiyalardan iborat bo‘lib, ularni normativ hujjatlarda belgilangan muddatlarda, aniq, to‘la-to‘kis va lozim darajada bajarish yuklarni tayinlangan manzillarga o‘z vaqtida va to‘la asrab yetkazib berishni, yo‘lovchilarga esa sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Texnik ishlar majmuasi tashish jarayonidagi temir yo‘lning ichki faoliyati hisoblanib, ularni bajarishni temir yo‘lning mutasaddi korxonalari amalga oshiradi. Texnik ishlarga: stansiyadagi manyovr ishlari, vagonlarni ortish-tushirish joylariga olib kirib berish va olib chiqish, vagonlarni saralash, poezd va tarkiblarga ishlov berish, poezdlarni stansiyaga qabul qilish va jo‘natish, tarkibni tarqatish, shakllash kabi ishlar mansubdir. Yuk va tijorat ishlari tashish jarayonidagi temir yo‘lning tashqi faoliyati hisoblanib, ular majmuasi temir yo‘l transportining davlat korxonalari, tashkilotlari, boshqa turdagi transportlar va jismoniy shaxslar bilan bo‘lgan tarmoqlararo texnologik aloqalarini va yuridik munosabatlarini tavsiflaydi. Yuk va tijorat ishlariga: jo‘natuvchilardan yuklarni qabul qilib olish va oluvchilarga yuklarni topshirish, yuklarni tortish, ortish va tushirish, yo‘l safarida yuklarni saralash va qayta yuklash, omborlarda yuklarni vaqtinchalik saqlash va taxlash, tashish bilan bog‘liq bo‘lgan yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yuk tashish uchun kira haqlari va yig‘imlarni, zarur holatlarda jarimalarni undirish, temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga vagonlarni topshirish va ulardan vagonlarni qabul qilib olish hamda bu ishlarni lozim darajada rasmiylashtirish va shu kabilar mansub bo‘ladi. Uslubiy ko‘rsatmalar temir yo‘l transporti normativ hujjatlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, yuk stansiyalarining poezd axborotlarini va tashish hujjatlarini ishlash bo‘yicha texnologik markaz (STS) larida, tovar idoralarida va mintaqaviy temir yo‘l bo‘linmasining tashish hujjatlarini ishlash bo‘yicha texnologik markaz (Tex PD) larida bajariladigan texnik, yuk va tijorat ishlarni qamrab olgan 15 ta laboratoriya mashg‘ulot o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, bakalavriatning 5620100 - “Transport logistikasi” (temir yo‘l transporti) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga muljallangan. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling