1.1-misol. Гулистан stansiyasida bajariladigan tijorat operatsiyalari turlari aniqlansin:
Yechish: № 4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Гулистан stansiyasini qidirib topamiz va shartli belgilarni yozib olamiz.
Ko‘rsatma: Buning uchun “YTIB lab. el.” papkasidagi “ТР №4 Книга 2” fayli ochiladi, so‘ngra Ctrl va F tugmachalari baravariga bosiladi. Monitorda “Найти и заминит” darchasi ochiladi. Darcha “Найти” holatiga keltiriladi va uning qatoriga qidirilayotgan stansiya nomi xato qilmasdan yoziladi, so‘ngra darchaning “Найти далее” tugmasi sichqoncha chap tugmachasi yordamida bosiladi.
Stansiya Гулистан P §1, 3, 4
1.1-jadval yordamida Гулистан stansiyasida bajariladigan tijorat operatsiyalarini tavsiflab chiqamiz:
P – barcha yo‘lovchi poezdlarga biletlar sotish. Bagajlarni qabul qilish va topshirish;
1-§ – stansiyaning ochiq maydonlarida saqlashga ijozat etilgan vagonlangan jo‘natmalarni qabul qilish va topshirish;
3-§ – faqat temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida va noumumiy foydalanish joylrida vagonlangan va bir butun vagonga ortiladigan mayda jo‘nat-malarni qabul qilish va topshirish;
4-§ – stansiyaning yopiq omborlarida saqlashni talab etuvchi vagonlangan jo‘natmalarni qabul qilish va topshirish.
Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 1.2-jadvaldagi variantlar bo‘yicha temir yo‘l stansiyalarida bajariladigan tijorat operatsiyalari turlarini aniqlaydi.
1.2-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |