Yuksak intellektual salohiyatni ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixning tutkan yo’LI


Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari


Download 275.99 Kb.
bet5/8
Sana28.12.2022
Hajmi275.99 Kb.
#1011312
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUKSAK INTELLEKTUAL SALOHIYATNI MA\'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH KOMIL INSONNI VOYAGA YETKAZISHDA MAMLAKAT ENG YANGI TARIXNING TUTKAN YO’LI

Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.


  • Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.

  • Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq ma’naviyatining asosidir” degan tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglatuvchi o‘ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg‘a surdi

Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.


  • Buyuk jadid Abdulla Avloniy so‘zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani, shuningdek, tarix ta’limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat – yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu, taraqqiyotni) istasa, - deydi Abdurauf Fitrat – tarixini bilishi lozim bo‘ladi, zero, tarix bir ko‘zguga o‘xshaydi».

  • Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.

  • Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to‘g‘ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o‘rganish, yozishning eng qulay, to‘g‘ri hamda maqsadga muvofiq yo‘li-usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix sabog‘i va tajribasidan kelib chiqib, belginlangan obyektiv xulosadir. Lekin, bu obyektivlik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega bo‘ladi. Chunki har bir subyekt, ya’ni olim o‘z intellektual bilim salohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, obyektivlikka harakat qiladi.

Download 275.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling