Yuksak intellektual salohiyatni ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixning tutkan yo’LI


Download 275.99 Kb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi275.99 Kb.
#1011312
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUKSAK INTELLEKTUAL SALOHIYATNI MA\'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH KOMIL INSONNI VOYAGA YETKAZISHDA MAMLAKAT ENG YANGI TARIXNING TUTKAN YO’LI

YUKSAK INTELLEKTUAL SALOHIYATNI MA'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH KOMIL INSONNI VOYAGA YETKAZISHDA MAMLAKAT ENG YANGI TARIXNING TUTKAN YO’LI

Reja:

1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.


2. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
3. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
4. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti .M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari.
6.  

O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi


  • XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi. Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahonhamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar mumkin qadar o‘z ifodasini topgan.Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum asoratidan sovet tizimidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi g‘oyatda ziddiyatli, tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv baholagan holda mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Download 275.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling