. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni-obyekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha «bolshevoy» lar uchun kommunizm qurish g‘oyasi ishonch va e’tiqodga aylandi. Buning uchun esa, ular hokimiyatni bosib olib, katta qon to‘kish evaziga jamiyatni o‘zgartirdi. Oxir oqibatda esa, bu «sotsialistik jamiyat» inqirozga uchradi. Tarixda kommunistik g‘oya o‘z isbotini topmadi. Tarix uning xom – xayol – utopiyadan iborat ekanligini 74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: Yevropa mamlakatlari hozir tarix saboqlari – falsafasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘tmishlari qanchalik o‘zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo‘lishiga qaramay, Yevroittifoqqa birlashish harakatida, yagona konstitutsiya qabul qilmoqchi. Bular tarix falsafasi to‘g‘ri anglashining hosilasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |