Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalarining o'rni
Download 3.92 Kb.
|
Yuksak ma\'naviy-WPS Office
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalarining o'rni.Muhammad al–Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur ibn Iroq singari ilm peshvolari ham dastlab shu fan maskanida ulg’ayib, kamolot bosqichiga kо‘tarilganlar. IX–XII asrlarda Movarounnahrda ilm–fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining kо‘plab tarmoqlari va yо‘nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, jug’rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom ma’noda shu davrda qо‘yildi Jahon fani va sivilizatsiyasiga hissa qо‘shgan buyuk allomalarimiz Muhammad Muso al–Xorazmiy (783–850–yy.), Ahmad al–Marvaziy (780–880– yy.), Ahmad al–Farg’oniy (797–865–yy.), Abu Nasr Forobiy (873–950–yy.), Abu Bakr Muhammad Narshaxiy (899–959–yy.), Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997– y.), Abu Rayhon Beruniy (973–1048–yy.), Abu Bakr al–Xorazmiy (935–993–yy.), Abu Ali ibn Sino (980–1037–yy.), Ismoil Jurjoniy (1042–1136–yy.), Mahmud az– Zamaxshariy (1075–1149–yy.), Burhoniddin Marg’inoniy (1123–1197–yy.), Mahmud Chag’miniy (XII–XIII asr boshlari) nomlari fan tarixida alohida о‘rin tutadi Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa, Basra va boshqa yirik shaharlarda Markaziy Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga о‘z hissasini qо‘shgan ajdodlarimiz bu davrga kelib kо‘paya bordi. Bag’dod shahri ilm–fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul–hikma” (“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham Ma’mun davrida (995–997–yy.) “Donishmandlar uyi” – “Bayt ul–hikma”, “Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Markaziy Osiyo mintaqasida IX–XII asrlarda iqtisodiy, madaniy–ma’naviy va ilmiy taraqqiyot yuksalgan davr. Markaziy Osiyo Islom dini kirib kelgunga qadar ham yuksak moddiy va ma’naviy madaniyatga ega bо‘lgan. Buning misoli sifatida zardushtiylik (zoroastrizm) dinining muqaddas kitobi «Avesto»ni eslash kifoya. Markaziy Osiyo Islom dini tarqalishi tufayli, Yaqin Sharq, о‘rta Sharq, Shimoliy va G’arbiy Afrika hududlarini qamrab olgan ulkan Arab xalifaligining tarkibiga kirdi. Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy madaniyatining о‘sishida islom madaniyatining ahamiyati katta bо‘ldi. Islom faqat dingina emas, balki yangi ma’naviy yо‘nalish sifatida ham butun madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasida ijtimoiy–madaniy va ma’rifiy aloqalarning kuchayishiga sezilarli ta’sir kо‘rsatdi. Bu davrda ma’naviyatda hurfikrlilik, har qanday bilim, ilm–fanga hurmat, diniy oqimlar erkinligi ustivorlik qilgan. Download 3.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling