Yuksak o’simliklar dunyosi – embryophyta (embryobionta) referat


Qarag`aytoifa – R inophyta


Download 28.61 Kb.
bet4/8
Sana11.05.2023
Hajmi28.61 Kb.
#1453684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yuksak o’simliklar dunyosi

Qarag`aytoifa – R inophyta
y o ki oc h iq urug`li o`simliklar – G ymnospermae.
Bu bo`limga kiruvchi o`simliklar qadimgi, ya’ni ularning qazilma holdagi qoldiqlari devon davrining yotqiziqlarida topilgan. Hozirgi vaqtdagi ochiq urug`lilar asosan daraxtlar hisoblanadi, ba’zan buta yoki lianalar. Shoxlanishi monopodial. Gnetumsimonlardan boshqa ajdod vakillarida yog`ochlik traxeidlardan tashkil topgan, naylar uchramaydi.
Ba’zi bir ochiq urug`lilarning barglari yirik va qirqilgan bo`lib, qirqquloqlarning yoki palmalarning barglariga o`xshab ketadi. Aksariyat barglar tangachasimon yoki ninasimon shakllarda bo`ladi. Ochiq urug`lilar doim yashil o`simliklar. Ular urug` yordamida ko`payadi. Urug`kurtak yoki urug`lar ochiq holda megasporofillarda joylashadi. Shuning uchun ham ularni ochiq urug`lilar deyiladi. Taraqqiyot davrida sporofit bilan gametofit nasllarining gallanishi kuzatilib, sporofit nasllar ustunlik qiladi.
Bo`lim o`z ichiga 800ga yaqin turni birlashtirib, 6 ta ajdod ga bo`linadi.
1. Urug`li qirqquloqsimonlar – Pteridospermae.
2. Bennetitsimonlar – Bennetittopsida.
3. Sagovniksimonlar – Cycadopsida.
4. Gnetumsimonlar – Gnetopsida.
5. Ginkgosimonlar – Ginkgopsida.
6. Qarag`aysimonlar – Pinopsida.

Urug`li qirqquloqsimonlar va bennetitsimonlar ajdodining vakillari nobud bo`lib, yo`qolib ketgan. Urug`li qirqquloqlar tashqi ko`rinishi bilan qirqquloqlarga o`xshab ketadi, ammo urug` hosil qilishi bilan ulardan farqlanadi.


Bennetitsimonlar ham palmalarga o`xshab, ulardan ikki jinsli qubbalarning bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Sagovniksimonlar ajdodi (Sycadopsida)
Sagovniklarning 100 dan ortiq turi ma’lum bo`lib, ular Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Afrika va Amerikaning tropik va qisman subtropik oblastlarida tarqalgan. Ajdodning sagovnik turkumini tashqi ko`rinishidan qirqquloqlarga o`xshab balandligi 3-8m gacha, yo`g`onligi 1m gacha yetadi. Poyasining uchida murakkab yirik patsimon qirqilgan to`p barglar joylashgan. Sagovniklar ikki uyli o`simlik bo`lib, qubbalarda mikro va megosporafillar yetiladi. Ularning barglari ham har xil. Masalan, pakana (karlik) zamiyalar ning barglari 5-6 sm uzunlikda bo`lsa, sagovnik turkumi va tserotozamiya turkumlarining vakillarida 3 metrgachaentsefalyartos turkumining ayrim vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 m gacha yetadi. Ko`pchilik sagovniklarning sporofillari qubbalarda to`plangan. Megosporang i ya urg`ochi o`simlikning megosporofil deb ata l uvchi generativ barglarining qo` lti g` ida jo y lashgan. Sagovniklar ikki uyli o`simlikdir. Ularning changchi (erkaklik) va urug`chi (ur g` ochi) q ubbalari boshqa-bosh q a o`simliklarda taraqqiy etadi Strobillar ( q ubbalar) sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi.
Sagovniklarning ko`payish organlari poyalarining uchida joylashadi. Uni Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yapo n iyada) o` suvch i , balandligi 3 metrgacha yetadigan revlluta tsikasi misolida k o` rish mumkin. Ularni n g uzunligi 2 m gacha yetadi. Sagovniklarning amaliy ahamiyati unchalik katta emas. Poyasining o`zaklaridan ozuqa kraxmali «caro» olinadi. Ba’zi bir turlari manzarali o`simliklar sifatida bog`larda o`stiriladi.
Sagovnik

Download 28.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling