Yuksak o’simliklar dunyosi – embryophyta (embryobionta) referat


Ginkgosimonlar ajdodi (Ginkgoopsida)


Download 28.61 Kb.
bet6/8
Sana11.05.2023
Hajmi28.61 Kb.
#1453684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yuksak o’simliklar dunyosi

Ginkgosimonlar ajdodi (Ginkgoopsida)
Hozirgi vaqtda ajdodning ginkgo biloba (Ginkgo biloba) degan vakili muhim bo`lib, ular yovvoyi holda Xitoyining janubiy – sharqiy qisimlaridagi tog`li tumanlarida o`sadi.
Yaponiyada uni madaniylashtirilgan. Ginkgo madaniy holda G`arbiy Yevropada, Qrim va Kavkaz bog`larida o`stiriladi. O`zbekistonda ham 1920 yildan boshlab manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. O`zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarida ham uchratiladi. Tabiiy sharoitda ginkgo faqat sharqiy Xitoyning Tyanmu Shan tog`ida ozroq maydonda saqlanib qolgan. Ginkgo biloba — balandligi 30 metrdan oshadigan, yirik bargini to`kuvchi daraxt. Barglari yelpig`ichsimon shaklda bo`lishi bilan xarakterlanadi. O`simlik ikki uyli, qubbalari ayrim jinsli. Urg`ochi qubbalari ikkita urug`kurtakka ega. Erkak qubba kuchalasimon shaklda bo`ladi. Urug`i etdor tashqi qobiqli, olxo`riga o`xshab ketadi.
Ginkgo biloba (Ginkgo biloba)
Qarag`aysimonlar ajdodi (Rinopsida)
Ajdod vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning Yer sharida 8 ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi.
Ajdod ikki ajdodchaga: kordait k abilar (Sordaitidae) va qa ra g` ay k abilar (Pinidae) ga bo`linadi.
Qara g`ay kabilar (Pinidae) ajdodchasi
Ajdodcha 7 ta qabila, 7 ta oila va 55 ta turkumga mansub 560 dan ziyod turni birlashtiradi . Qarag`ayqabilar ajdodchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada katta o`rmonlarni hosil etadi. Janubiy yarim sharda esa ular ko`proq mu’tadil iqlimli joylarda tarqalgan, Ayniqsa Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubii Amerikada ko`p uchraydi. Ko`pchilik endemik turkumlari va barcha relikt turkumlari tinch okeani atroflari bo`ylab tarqalgan. Ayniqsa, Xitoynint Janubiy-Sharqiy va Markaziy qismida, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniya, Tasmaniya, Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili janubida, Yangi Zelandiyada, yangi Gvinieyada tarqalgan.
Qara g` aykabilar ajdodchasi vakillarining tarixi karbondan (370 mln. yillar muqaddam) boshlanadi. Trias davrida (240 mln. yillar mukaddam) ular Shimoliy yarim sharning o`simliklar q oplamida katta rol o`ynagan.
Qara g` ayqabilarning ko`pchilik turlari baland bo`yli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o`suvchi doim yashil sekvoyyaning (Sequoia sempervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining deametri esa 10 m gacha yetgan.


1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling