Yuksak sporali o‘simliklarning tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati


Download 1.77 Mb.
bet3/4
Sana29.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1401332
1   2   3   4
Bog'liq
8 mustaqil

Psilotsimonlar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi epifit o`simliklar hisoblanadi, lekin ayrim hollarda chirindiga boy nam tuproqlarda ham uchraydi. Psilotsimonlar xo`jalik ahamiyatiga ega emas, faqat bir turi, ya`ni P. glabrum Yaponiyada manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi.


Psilotning ust tomonida og`izcha va kutikulali epidermis, uning ostida uch qavat po`st, uning ichki qismida endoderma va markazida shotisimon traxeidlardan iborat o`tkazuvchi bog`lamlar joylashgan.

Plaunsimonlar bo`limi — Lycopodiophyta


Plaunsimonlar eng qadimgi o`simliklardan biridir. Ular paleozoy erasining Silur davridan boshlab, Karbon davrida o`z rivojlanishining eng yuqori pog`onasiga yetgan. Karbon davrida plaunsimonlarning baland bo`yli daraxtsimon shakllari keng tarqalgan. Hozirgi paytda esa faqatgina o`tsimon turlarigina yetib kelgan.
Plaunsimonlar plaunlar (Lycopodineae) va lepidodendronlar (Lepidodendrineae) sinflariga bo`linadi.
Plaunlar sinfi o`tsimon o`simliklarning: plaunsimonlar (Lycopodiales) - teng sporalilar va selaginellalar (Selaginellales) - har xil sporalilar qabilalaridan iborat. Lepidodendronlar sinfiga paleozoy erasida yashagan va keyinchalik yo`qolib ketgan daraxt o`simliklar kiradi.

Plaunlarning barcha xarakterli xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan vakili cho`qmoqli plaun (Licopodium clavatum) hisoblanadi (4-rasm). Bu o`simlik Rossiyada, xususan, uning o`rmon zonasida keng tarqalgan. Cho`qmoqli plaun dixatomik shoxlangan, yer bag`irlab o`sadigan o`simlik bo`lib, ayrim hollarda uning uzunligi 3 m ga qadar boradi.


Poyasining ichki tuzilishi nisbatan murakkab, uning sirt tomonida og`izchali epidermis joylashgan, epidermis ostida ich tomonidan endodermaga o`xshash po`st bo`ladi. Endodermadan so`ng peritsikl boshlanadi, markazda esa traxeidlardan iborat ksilema joylashgan bo`lib, uni elaksimon naylar va parenxima hujayralaridan shakllangan floema o`rab turadi.
Plaunsimonlar ma`lum darajadagi xo`jalik ahamiyatiga ega, undan olinadigan moy tabobatda, sporasidan olinadigan bo`yoq esa jun va ipakni bo`yash uchun ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling