Yuksak sporali o‘simliklarning tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati
Qirqbo`g`imlilar sinfi — Equisetineae
Download 1.77 Mb.
|
8 mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Qirqbo`g`imlilar sinfi — EquisetineaeEquisetineae sinfining vakillari poyasining “bo`g`imli” bo`lishi, ya`ni bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`lingan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bo`g`imlarda, odatda, juda reduktsiyalangan va ko`pincha bir-biri bilan qo`shilib, naysimon qinlar hosil qiladigan barglar halqa shaklida joylashadi. Shox halqalari ham bo`g`imlarda bo`ladi. Qirqbo`g`imlar oilasi — Equisetaceae Bu oilaga birgina qirqbo`g`im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko`p uchraydigan dala qirqbo`g`imi — Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqnsh uchun misol bo`la oladi. Uning poyasi uzun va shoxlanmaydigan bo`lib, to`g`ri tartib bilan gallanadigan bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`lingan. Qirqbo`g`imlarning hammasi o`t o`simliklaridir. Qirqbo`g`imlar ichida eng kattasi janubiy amerika qirqbo`g`imi — E. giganteum bo`lib, bo`yi 12 m ga borgani holda, eni atigi 0,5-2 sm keladi. (E. giganteum chirmashib o`suvchi o`simlikdir). Qirqbo`g`imlarning bo`yi, odatda, 0,5-1 m bo`ladi.Ba`zi qirqbo`g`imlarda vegetativ novdalar bilan spora beruvchi novdalar bir-biridan farq qilmaydi; ba`zilarida esa bu novdalar bir-biridan keskin farq qiladi (dimorfizm). Masalan, E. arvensening erta bahorda hosil bo`lgan novdalari och qo`ng`ir rangli va nozik bo`lib, uzoq yashamaydi. Qirqbo`g`imlarning bo`yi, odatda, 0,5-1 m bo`ladi. Ularning hammasida gorizontal ravisha o`sib, juda shoxlanadigan va ko`pincha ancha yerni egallaydigan ildizpoya bor; ko`pgina qirqbo`g`imlar (E. arvense, E. heleocharis va boshqalar) ildizpoyasi yordamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Adabiyotlar:
Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling