Yuksak sporali o‘simliklarning tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati


Download 1.77 Mb.
bet2/4
Sana29.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1401332
1   2   3   4
Bog'liq
8 mustaqil

Yo`sinsimonlarning sporofiti ko`pincha sporogon bandida joylashgan, hech qachon poya va barg hosil qilmaydi. Chunki alohida hayot kechirish imkoniga ega emas. Shunga ko`ra, gametofitning bir qismi hisoblanadi va uning hisobiga oziqlanadi.


Yo`sinsimonlarning ko`pgina turlari ko`p hujayrali kurtaklar yordamida vegetativ yo`l bilan ham ko`payadi. Bu o`simliklar paleozoy erasining toshko`mir davrida paydo bo`lgan qadimiy o`simliklardan hisoblanadi.
Yo`sinsimonlarga 20 mingdan ortiq o`simlik turi mansub bo`lib, ular odatda ikki ajdodga bo`lib o`rganiladi:
1. Jigarsimon yo`sinlar — Hepaticae.
2. Poya bargli yo`sinlar — Musci.

Psilofitsimonlar bo`limi - Psilophytophyta


Psilofitsimonlar faqat qazilma holda uchraydigan o`simliklardir. Birinchi bor bu o`simliklar quyi devon qatlamlarida D. Duson tomonidan 1859 yilda Kanadada topilgan. Lekin filogenetik sistemada bu o`simlik oradan 50 yildan ortiqroq vaqt o`tgach, 1917 yilda Shotlandiyaning devon qatlamlarida R. Kidston va U. Lang tomonidan qayta topilgandan so`ng o`z o`rnini topdi.
Bu bo`limning sodda tuzilishli vakillarining yer osti organlari bir hujayrali rizoidlar, uncha-muncha taraqqiy etgan vakillarining yer osti organlari vazifasini esa tallomning shoxlangan yer osti qismi – ildiz poya bajargan. Bularda barg umuman bo`lmagan, lekin yuksak taraqqiy etgan vakillarida barg vazifasini bajaradigan qipiqsimon o`simtalar – fillodiylar bo`lgan.

Psilotsimonlar bo`limi — Psilophyta


Bu bo`limga monotip psilotsimonlar (Psilotopsida) ajdodi bilan monotip psilotlar (Psilotalesa) qabilasi mansub. Shu qabilaga mansub psilotdoshlar (Psilotaceae) oilasiga hozirgi paytda tarqalgan psilot (Psilotum) va tmezipteris (Tmesipteris) turkum vakillari taalluqli.
Bular quruqlikda tarqalgan o`simliklar, ildizi yo`q, uning o`rniga uzunligi
1 m keladigan rizomoidlari mavjud. Poyasi tik o`sadi, balandligi 1 m ga yaqin,
uchidan uch tomonlama bo`linuvchi initsial hujayra o`sadi.
Spora barglari psilotsimonlarda shoxcha shaklida, psilotda uch uyali, tmezipterisda esa ikki uyali. Sporalari bir xil kattalikda, qulay muhitga tushishi bilan ulardan nursimon simmetriyaga ega psilot gametofiti unib chiqadi. Uning kattaligi 2 sm gacha bo`lib, yer ostida hayot kechiradi, xlorofili yo`q, bir hujayrali rizoidlari bo`lishiga qaramasdan, ichida joylashgan zamburug`lari yordamida saprofit holda oziqlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling