Yuldashev Jurat " fizika "


Raketaning tuzilishi va harakati


Download 8.14 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi8.14 Kb.
#1831303
1   2
Bog'liq
Yuldashev Jurat Fizika fanidan

Raketaning tuzilishi va harakati
Reaktiv kuch ta’sirida harakatlanadigan kosmik uchish sistemalari raketa deb ataladi.
Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi.
Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi.
Raketaning harakati reaktiv harakatga asoslangan.
Uning tuzilishi sxematik ravishda 126-rasmda tasvirlangan. Raketa, asosan, to‘rt qismdan iborat.
1-qismda Yer atrofidagi orbitaga chiqarib qo‘yiladigan kosmik kema yoki sun’iy yo‘ldosh joylashgan.
Raketaning 2-qismini yoqilg‘i va raketani Yerdan uchirish jihozlari tashkil etadi.
3-qismda yoqilg‘i yonish kamerasi joylashgan bo‘lib, bu yerda yoqilg‘i yonishi natijasida yuqori harorat va bosimli gaz yig‘iladi.
Bunday gaz reaktiv soplo (4-qism) orqali juda katta υG tezlikda tashqariga chiqariladi.
Yonish kamerasiga nisbatan kichik o‘lchamli soplo orqali chiqayotgan katta bosimli gaz oqimi juda katta tezlikka erishadi.
Buning natijasida impulsning saqlanish qonuniga binoan gaz oqimi yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda reaktiv kuch vujudga keladi.
Bu kuch ta’sirida raketa harakatga keladi va υR reaktiv tezlik oladi (127-rasm).
Raketa soplosidan chiqayotgan gazning massasi mG, tezligi υG, raketaning massasi mR, olgan reaktiv tezligi υR bo‘lsin. Impulsning saqlanish qonunini qo‘llab, quyidagi tenglikni yozish mumkin:
Formuladan ko‘rinadiki, raketaning massasi qancha kam bo‘lsa, uning reaktiv tezligi shuncha katta bo‘ladi.
Haqiqatda ham, raketa massasining katta qismi yoqilg‘i massasiga to‘g‘ri keladi. Yoqilg‘i yonishi jarayonida uning miqdori hamda raketa massasi kamayib boradi. Bu esa raketa tezligining oshib borishiga olib keladi.
Raketa belgilangan balandlikka chiqqunga qadar uning yoqilg‘idan bo‘shagan qismlari navbatma-navbat ajralib, havoda yonib ketadi.
Raketaning kichik bir qismi – kosmik kema (Yerning sun’iy yo‘ldoshi) uchishni davom ettiradi. Impulsning saqlanish qonuni asosida hosil bo‘ladigan reaktiv harakat kosmonavtikaning asosi hisoblanadi.
Kosmik raketa va kemalarning yaratilishiga olimlardan K. E. Siolkovskiy (1852–1935), S. P. Korolyov (1906–1966), M. V. Keldish (1911–1978), V. Braun (1912–1976), G. Obert (1894–1989) va boshqalar katta hissa qo‘shganlar.
Hozirda kosmonavtika sohasi yuksak darajada taraqqiy etib bormoqda.
History
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 8.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling