Yuldashev Jurat " fizika "
Download 8.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqYuldashev Jurat Fizika fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
S942-23 gruhi (sirtqi) talabasi Yuldashev Jurat “ FIZIKA ” fanidan MAVZUV: REAKTIV HARAKAT. “MUSTAQIL ISH” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI Mavzu:REJA:
Reaktiv harakat Reaktiv harakat haqida tushuncha Puflab shishirilgan havo sharining og‘zini bog‘lamasdan qo‘yib yuborsak, shar ajoyib trayektoriya bo‘yicha uchib ketishini kuzatganmiz. Bunda impulsning saqlanish qonuni bajarilib, havo katta tezlikda shar og‘zidan bir tomonga, sharning o‘zi esa qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Bu hodisa reaktiv harakatga misol bo‘la oladi. Yopiq sistemaning bir qismi biror tezlik bilan harakat qilsa, sistemaning qolgan qismi unga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatga keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi. Reaktiv harakatni tasavvur qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Probirkaning yarmigacha suv quyib, tiqin bilan yopaylik va 123-rasmdagidek aravachaga o‘rnataylik. Quruq yonilg‘i alangasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin katta tezlik bilan otiladi, aravacha esa tiqin yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan otib chiqaruvchi bug‘ning bosim kuchiga qarama-qarshi yo‘nalgan reaktiv kuch paydo bo‘ladi. Reaktiv kuch ta’sirida aravacha tiqin harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Masalan, tiqinning massasi m1 = 10 g, aravachaning massasi (quruq yonilg‘i va probirka bilan birgalikda) m2 = 500 g, tiqin va aravachaning tiqin otilmasdan avvalgi tezliklari υ1 = υ2 = 0, tiqinning otilish tezligi υ1 ′= 10 m/s ga teng, deylik. Impulsning saqlanish qonunidan foydalanib, tiqin otilganda aravachaning olgan υ2′ reaktiv tezligini hisoblaymiz. m1 υ1 + m2 υ2 = m1 υ1′ + m2 υ2′ tenglikda υ1 = υ2 = 0 bo‘lgani uchun chap tomoni nolga teng bo‘ladi: 0 = m1 υ1′ + m2 υ2′. Bundan υ2′ = = − m1 υ1′/m2 yoki υ2′ = – 0,2 m/s bo‘ladi. Reaktiv harakatni tushunib olish uchun yana boshqa tajribalarni ham o‘tkazish mumkin. 124-a rasmda tasvirlangan tajribada suv υ1 tezlik bilan bir tomonga otilib tursa, nayning o‘zi qarama-qarshi tomonga υ2 reaktiv tezlik bilan harakat qiladi. 124-b rasmdagi tajribada esa bukilgan shisha nayning ikki uchidan suv otilib turadi. Bunda suvning harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda vujudga kelgan reaktiv harakat hisobiga shisha nay aylanadi. Bu sistema Segner parraklari deyiladi. Havo yordamida ham reaktiv harakatni hosil qilish mumkin. 125-rasmda shunday qurilmaning asosiy qismi tasvirlangan. Bunda erkin aylanuvchi disk qo‘zg‘almas nayga podshipnik orqali o‘rnatilgan. Siqilgan havo nay orqali disk ichiga kiradi. Bosim ostidagi havo disk chetlariga o‘rnatilgan to‘rtta naycha orqali urinma tarzda tashqariga otilib chiqib turadi. Bu esa diskni qarama-qarshi yo‘nalishda aylantiruvchi reaktiv harakatni hosil qiladi. Qurilmaning yordamchi qismi sifatida siqilgan havoni hosil qiluvchi changyutgichdan foydalanish mumkin. Shlang yordamida changyutgichdan katta bosimli siqilgan havo yuborilsa, reaktiv harakat hisobiga disk katta tezlikda aylanadi. Yordamchi qism o‘rniga puflangan havo sharidan ham foydalanish mumkin. Download 8.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling