Yulduz vaqti uchun: s
Download 0.63 Mb.
|
1 2
Haqiqiy quyosh vaqti ham o'rtacha vaqti haqiqiy yoki faraziy Quyoshning soat burchagiga bog'liq bo'lgan mahalliy vaqtidir. Agarda kimdir bevosita kuzatishlar orqali haqiqiy quyosh vaqtini kuzatsa va o'rtacha vaqtni hisoblasa, raqamli soat ehtimol ularning ikkalasining farqiniko'rsatishi mumkin. Buning sababi quyidagicha: biz kundalik hayotimizda mahalliy vaqtdan foydalanmaymiz, uning o'rniga biz eng yaqin joylashgan poyas vaqtidan foydalanamiz. lgari har bir shahar o'zining mahalliy vaqtiga ega bo'lgan. Keyinchalik bir mamlakatdan boshqasiga sayohatchilarning borishidan so'ng mahalliy vaqtlar noqulay bo'lib qolgan. XIX asrning oxirida Yer 24 ta poyaslarga bo'lingan, har bir poyasning vaqti yon poyasga nisbatan bir soatga farq qiladi. Yer sathida vaqtning bir soati uzunlama bo'yicha 15° ga to'g'ri keladi. Har bir zonaning vaqti 0°,15°,…,345° uzunlamalarning biridagi mahalliy o'rtacha vaqti bilan belgilanadi. Grinvichdan o'tadigan nolinchi meridianning vaqti xalqaro vaqt – dunyo vaqti Kuzatuvchining Yerdagi ma’lum bir punktga nisbatan yuqoridagi ta’riflar bo‘yicha aniqlagan vaqti (yulduz, haqiqiy yoki o‘rtacha quyosh vaqti) shu joy uchun mahalliy vaqtni beradi. Bahorgi tengkunlik nuqtasi () ning yoki Quyosh markazining soat burchagi, ma’lum bir Yer meridianining barcha nuqtalari uchun bir xil bo‘lganidan, maxalliy vaqt mazkur meridian bo‘ylab bir xil bo‘ladi. Agar Yer sharidagi ikki nuqtaning uzunlamalari 1 va 2 bo‘lib, ularning farqi ni bersa, u xolda bu ikki punktdan sharqdagisining mahalliy vaqti ham g‘arbdagisinikidan ga ortiq bo‘ladi, ya’ni Yulduz vaqti uchun: s2-s1=2-1 (1.6) Haqiqiy quyosh vaqti uchun: T2 - T1 =2-1 (1.7) O‘rtacha quyosh vaqti uchun: T2 - T1 =2-1 (1.8) bo‘ladi. Yerdagi ma’lum meridian uchun mahalliy vaqt, shu meridianning istalgan nuqtasidan turib, bevosita kuzatish orqali aniqlanadi. Londonlagi Grinvich observatoriyasi orqali o‘tuvchi bosh meridianning o‘rtacha quyosh vaqti dunyo vaqti (T0) deb yuritiladi. Yer sharidagi istalgan punktning mahalliy o‘rtacha quyosh vaqti, dunyo vaqti bilan quyidagicha bog‘lanishda bo‘ladi: Tm = T0+ (1.9) bu erda - mahalliy vaqti topilayotgan joyning geografik uzunlamasi. Dunyo vaqti ko‘pgina astronomik hodisalarning momentlarini belgilashda keng qo‘llaniladi. Odamlarning turmushida joyning o‘z mahalliy vaqtidan foydalanish noqulayliklar keltirib chiqaradi. Sababi Yer sharida cheksiz ko‘p meridian aylanasi o‘tkazish mumkin bo‘lib, oqibatda, cheksiz ko‘p mahalliy vaqt bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kelardi. Bunda vaqtlar, meridianlarning bir-biridan qanchalik uzoqliklariga ko‘ra, bir-birlaridan minutlarga, sekundlarga va sekundning ulushlariga farq qilgan bo‘lardi. Shuning uchun 1884 yili vaqtni hisoblashning poyas sistemasi qabul qilingan. Yer shari meridianlar bilan har biri 15 dan bo`lgan 24 ta soat poyasiga bo`lingan; har bir poyasdagi hamma nuqtalarda soatlar bir xil vaqtni, ya`ni poyas o`rtasidan o`tgan meridianning mahalliy vaqtini ko`rsatadi. Bu poyaslar 0 dan 23 gacha nomerlandi. Bu poyaslarni chegara chiziqlari, okean va dengizlar hamda aholi yashamaydigan joylarda aniq meridian bo‘ylab, qolgan joylarda esa, davlat ma’muriy — xo‘jalik va geografik chegaralar bo‘ylab yo‘naladi (**-rasm). Shuningdek shartli ravishda, cheksiz ko‘p meridianlardan 24 tasi ajratib olinib, ular asosiy meridianlar deb yuritiladi. Asosiy meridianlarning geografik uzunlamalari, mos ravishda 0h, 1h, 2h, Zh, ..., 23h ga tengdir. Boshqacha aytganda, har bir poyasga bittadan asosiy meridian to‘g‘ri kelib, uzunlamasi 0h bo‘lgan asosiy meridian nolinchi poyasning taxminiy o‘rtasidan, uzunlamasi 1h bo‘lgani 1-poyasniig o‘rtasidan o‘tadi va hokazo.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling