Yulduz vaqti uchun: s


Download 0.63 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1520403
1   2
1.16-rasm. Vaqt poyaslari

Kuzatuvchi joylashgan poyasning poyas vaqti (Tm) qilib, mazkur poyasning o‘rtasidan o‘tgan asosiy meridianning mahalliy vaqti olinadi. Ma’lum poyasda joylashgan va uzunlamasi  bo‘lgan punktning maxalliy vaqti Tm quyidagi mahalliy va poyas vaqtlarni bog‘lovchi formuladan foydalanib topiladi:
Tm- Tp=- Nh, (1.10)
bu erda m-joyning sharqiy uzunlamasini N—esa poyas nomerini ifodalaydi. Poyas chegarasida yotgan ixtiyoriy punkt mahalliy vaqtining mazkur poyas vaqtidan farqi 30m gacha bo‘ladi. Poyas vaqti dunyo vaqti bilan quyidagicha bog‘lanadi:
Tp= T+ N(1.11)
bu erda ham N-poyas nomeri. Sobiq Ittifoqda poyas vaqti 1919 yilning 1 iyunidan qabul qilingan edi.
Yerdagi yil fasllaridan to‘g‘ri foydalanish, yoz oylarida kunduzgi yorug‘ligidan to‘la foydalanish, shuningdek elektr energiyasidan uy-joylar va korxonalarni yoritishda ratsional foydalanish hisobiga uni tejash maqsadida ko‘p mamlakatlar dekret vaqti bilan ish ko‘radi. Korxonalarning ish grafigini o‘zgartmagan holda ish vaqtini odatdagidan bir soat oldin boshlash (ya’ni dekret vaqtiga o‘tish) maqsadida, 1920 yillarda sobiq Ittifoq xalq komissarlari Sovetining dekreti bilan bir necha marta soat strelkalarining mili har yili yozda 1 soat ilgariga, qishda esa, aksincha, 1 soat orqaga surilardi. Oxirgi marta - 1930 yilning 16 iyunida shunday dekret bilan soat strelkalarining mili 1 soat ilgari surildi va 1931 yilning 9 fevralida dekret bilan qabul qilingan vaqti o‘z kuchini maxsus yangi dekret bilan bekor qilingunga qadar saqlab qoladi deb qo‘shimcha e’lon qilindi. Shundan buyon bunday vaqt dekret vaqti deb nom oldi. Dekret vaqti (Td), poyas, dunyo va mahalliy vaqtlari bilan, mos ravishda, quyidagicha bog‘lanishda bo‘ladi:
Td=Tp+1h , (1.12)
Td=To+(N+1)h , (1.13)
Td=Tm-m+(N+1)h . (1.14)
Butun dunyoda ushbu vaqtni kundalik hayotida qo‘llaydigan mamlakatlar ko‘p, masalan, Buyuk Britaniyada dekret vaqti ishlatiladi va ular unga 1967 yilning oktyabr oyidan boshlab o‘tgan.
Xalqaro atom vaqti 1972 yilda vaqt signallari asosi sifatida qabul qilingan. Vaqt Parijdagi og'irlik va o'lchov xalqaro byurosi tomonidan saqlanadi va u bir nechta aniq yuradigan atom soatlarining o'rtachasidir.
Atom soatlaridan avval N`yuton mexanikasi tenglamalaridagi vaqt o'zgaruvchilariga mos keladigan, mutloq doimiy tezlik bilan yuradigan ideal soat talab etilgan. Bunday vaqt efemerida vaqti (ET) bo'lgan. U efemeridalar jadvallarini tuzishda ishlatiladi. Efemerida vaqtini o'lchash birligi efemerida sekundi (ES) bo'lgan va u 1900-tropik yilning davomiyligi 31,556,925.9747 ga bo'lingan qiymatiga teng bo'lgan. Efemerida vaqtini oldindan bilish imkoni yo'q. 1984 yilda efemerida vaqti dinamik vaqti bilan almashtirilgan
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling