Yulduzli tunlar“ — O’zbek
Download 36.33 Kb.
|
New Документ Microsoft Word 300121144743
«Yulduzli tunlar» romani. Asar nainki adib ijodi, balki, umuman, XX asr o’zbek adabiyoti tarixida muhim o’rin tutadi. Uning chop etilib, o’quvchilar qo’liga tegish tarixi ham o’ziga xosdir. Sho’ro zamonida o’zbek adabiyotidagi buyuk tarixiy siymolarga bag’ishlangan birorta asarning qismati oson kechmadi. Bunga «Abulfayzxon», «Muqanna», «Navoi», «Mirzo Ulug’bek», «Ko’hna dunyo» singari asarlar misoldir. «Yulduzli tunlar» ham bundan mustasno emas.
Sho’rolar bunday asarlar xalqning ko’zini ochadi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug’ ota-bobolar orqali buyuk o’tmishga, ma’naviy qudrat an’analariga intilish va sadoqatni kuchaytiradi, deb qo’rqdilar va yanglishmadilar. Bunday asarlar mohiyat e’tibori bilan o’zlikni anglashga chorlashi, xalqni zimdan mustaqillikka tayyorlashi mumkin. «Yulduzli tunlar» ham aslida shunday asar edi. Shu bois, roman bir necha yil davomida ne-ne azob-uqubatlar bilan yozilganiga qaramay, olti-yetti yil chop etilmay yotdi. Nihoyat bosilib chiqdi (1978), hatto O’zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi (1981). Lekin ko’p o’tmay asar va yozuvchi boshiga ko’p og’ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni targ’ib qiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi. Yangi zamon, mustaqillik adibni ham. Romanni ham xalqqa qaytardi. «Yulduzli tunlar» shoh, sarkarda, shoir-benazir inson Zahiriddin Muhammad Boburning yorqin siymosi mahorat bilan aks ettirilgan to’laqonli va sermiqyos asardir badiiy asardir. Bu asargacha yozuvchi, asosan, o’z zamondoshlari va zamonasi muammolariga bag’ishlangan asarlar yozdi. «Yulduzli tunlar»da esa, adib ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi, buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Gap mavzu va qahramonning tarixiyligida emas. Asosiysi, jahon tarixi, xususan, O’rta Osiyo va Hindiston tarixida o’chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko’pdan ko’p xalqlarni qirg’inbarot urushlardan saqlab qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarda mahorat va jasorat ko’rsatgan sarkarda, she’rlaridagi har bir satrda o’z ichki dunyosi, dono porloq qiyofasi porlab turgan buyuk shoir, har bir so’zidan tarix nafasi keluvchi «Boburnoma» muallifi hamda dilbar tabiat siymosibu darajada haqqoniy, teran gavdalantirilganroman shu vaqtgacha o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida yaratilmagan edi. Jahon tarixi badiiy adabiyotida Bobur haqida to’g’ri fikrardan tashqaribir- biriga zid, ba’zan yanglish, xato, noxolis qarashlar yo’q emas edi. Boburning haqqoniy qiyofasini yaratish, badiiy haqiqat imtiyozlari bilan moziy adolatini tiklash tarix talabi, zamon ehtiyoji va yozuvchining muqaddas burchi edi. Shu ma’noda «Yulduzli tunlar» yozuvchi burchini namoyon etgan yulduzli onlardir. Roman yuqorida e’tirof etilgan jihatlari va buyuk bir tarixiy siymoni qaytadan kashf etilishi bilan o’zbek adabiyotida mustahkam o’rin egalladi. Adabiyotimizda buyuk shoh va shoir hayotining ayrim bosqichlariga bag’ishlangan Oybekning «Bobur», E.Vohidovning «Kelajakka maktub», B.Boyqobilovning «Kun va tun», X.Sultonning «Boburnoma» singari turli janrdagi asarlari mavjud. «Yulduzli tunlar»da esa Boburning deyarli butun ongli hayoti yaxlit yaratilgan. Adib roman janrining yuksak talablariga amal qilish bilangina kifoyalanmay, janr tabiatini yanada boyitishga munosib hissa qo’shdi. Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e’tiborli. Humoyun og’ir betob bo’lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi: «Sening betoqatligingga me toqat keltiray! Sening shu og’ir dardingni xudo sendan olib menga bersin… …Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi-yu: -e, parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jon berish mumkin bo’lsa, umr-u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsin-u, xudo Humoyunga shifo bersin!» Manbalar bu voqea haqiqatan tarixda ro’y berganini tasdiqlaydi. Humoyun ko’p o’tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to’g’ri keladi. Roman ham ko’p o’tmay shu tasvirdan so’ng yakun topadi. Yozuvchi bu singari tarixiy faktlarni e’tirof etish bilangina cheklanmaydi, albatta. Taxayyulni erkin qo’yib, ularga badiiylikning jonli suvini ichiradi. Butun asar davomida qahramonlarni, ularning oy-kechinmalarini, harakat qilayotgan shart-sharoitlarni, muhitni, tabiatni, hatto olinayotgan nafaslar haroratini, ayni lahzada pardalrdan ichkariga yoyilayotgan nur tarovati va hokazolarni shu qadar mahorat bilan badiiy go’zal tasvirlaydiki, kitobxon asar o’qiyotganini unutib, shu muhitda yashayotgandek his etadi o’zini. Bobur Hindistonda saltanatni poshqarganda podsho bo’lishning shon- shavkati bilan bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, «xatolig’»-u, «yuzi qarolig’»larni boshidan kechirgan. Vatan sog’inchi bilan o’rtangan. Bu yo’nalishda uning ajoyib, dilbar she’rlari ham bor. Yozuvchi qahramoni tabiatiga doir ana shunday tarixiy gavhar dalillarni saralab, badiiy yaxlitlik bilan nurlantiradi. Natijada, yozuvchining mahoratidan nurlangan harorat badiiy jozibaga aylanadi va butun asar hujayralariga iliqlik baxsh etadi. Shu ma’noda romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, xayollari, orzu- armonlarining yuksak mahorat bilan tasvirlanganini ta’kidlash zarur. Onasi Qutlug’ Nigorxonim bilan Boburning nafas olishdayoq bir-birlarini tushunishlari, inining Xonzodabegimni nainki so’z, balki yurak bilan anglay bilishi, shoirning havo emas ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlardagi his-hayajonlar tasviri Pirmqul Qodirovning ruhiyat mazmunlarini ko’rsatishdagi ustaligidan dalolat beradi. Yozuvchi Boburni ko’p hollarda ichki kolliziya, ichki dramatizm, azobli, iztirobli, vaziyatlarda ko’rsatadi. Qahramon o’z-o’zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan savollarga shu yo’sinda javob izlaydi va topadi. O’zga qahramonlar bilan ba’zan so’z orqali emas, ichdan, vujud tili orqali muloqotda bo’ladi. Bu esa qahramon ruhiyatini teran yoritish imkonini beradi. Mana, Boburning podshoh, sarkarda, shoir, muarrix sifatida buyuk fazilatlaridan tashqari oddiy bir inson sifatidagina ko’rinishi. Zaharlangan Bobur ruhiyati shunday, chiziladi: «Boshidan o’tgan o’lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Uning joni shuncha vaqt qil uchida osilib turganini o’ylasa, beixtiyor vahmi kelardi. Shu qil uzilsa, o’lim deb ataladigan zulmat qa’riga qulab tushishini ikki kun davomida muttasil his qilish unda yashash istagini behad kuchaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi, bir uchquni dunyoning barcha boyliklari-yu, toj-u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga endi astoyidil sezildi» Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o’z-o’zidan bo’ladigan ish emas. Buning uchun yozuvchi shunday his-tuyg’ularni o’z qalbidan o’tkaza olishi kerak. Pirimqul Qodirov o’zi aytganidek, adib «tarixiy shaxslarning ichki dunyosiga o’z ichki dunyosi orqali yo’l topadi». Mustaqillik davriga kelib, «Yulduzli tunlar»dek tarixiy asarning qadr- qimmati, ahamiyati yanada oshdi. Roman, Vatan, millat, ulug’ ota-bobolarimizga mehr-muhabbatni yanada e’zozlashga undaydiBobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. «Yulduzli tunlar» ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Qo‘lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o‘qib fikr aytishdi. Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o‘qishib, yozma taqrizlar berishdi. Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan — «Boburnoma»day asl manbalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan yangi tahrirlarim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurroq ochishga qaratildi. 1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yordami bilan roman kitob bo‘lib chiqdi. 1981-yilda unga Davlat mukofoti ham berilganligi mustabid tuzum zolimlarining qahrini keltirgan bo‘lsa kerak. Ular «paxta ishi», «o‘zbek ishi» degan dahshatli tuhmatlar davrida Amir Temur va Bobur mirzoga qarshi yangi hujumlar uyushtirib, meni ham roman bilan birga loyqa sellar girdobiga tortib tushurishga urinib ko‘rdilar. Lekin jamoat fikri uyg‘ongan, istiqlolimiz tongi otayotgan paytlar edi. Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonga rahbar bo‘lgan kundan boshlab tarixiy adolatni tiklashga juda katta e’tibor berdi. Dilimizda armon bo‘lib yurgan ezgu orzularning ushalishi uchun endi imkon yaratildi. Bundan ellik yil burun talabalik yillarimda Bobur mirzoga ixlosmandlik menda Amir Temur asos solgan sulolaga qiziqish tufayli boshlangan edi. Bobur mirzo temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga olib o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi o‘sha yillardayoq dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi. Keyinchalik «Temur tuzuklari» bilan tanishganimda sohibqironning vasiyatlariga va ulug‘ bunyodkorlik an’analariga Bobur mirzo astoydil amal qilgani juda ko‘p tarixiy voqealarda ko‘zga tashlandi. «Temur tuzuklari»ni «Boburnoma»ga qiyoslab o‘qiganimda ularning orasida ruhiy va uslubiy yaqinlik borligini ham sezdim. Ammo sho‘ro davrida bu haqiqatlarni yozish — arining uyasiga cho‘p tiqish bilan barobar edi. Chunki sho‘rolar har gal Amir Temurga qarshi hujum uyushtirganda nuqul Bobur mirzoni uning yoniga qo‘yib qoralashardi. Bu hujumlar elliginchi yillarda Bobur asarlari maktab darsliklaridan chiqarib tashlanganda bir xuruj qilgan, yetmishinchi yillarda «Temur tuzuklari» chop etilganda Moskvadan chiqadigan «Voprosu istorii» jurnali orqali jazava bilan davom ettirilgan, 1986-yilda Uchinchi plenum nomini olgan mash’um yig‘inda avjiga chiqarilgan edi. Mana shu alg‘ov-dalg‘ovlar sababli Bobur mirzo to‘g‘risidagi romanning yozilishiga ilk bor turtki bo‘lgan yuqoridagi tarixiy haqiqatni o‘sha davrda kitobxonlarga yetkazib berishning iloji bo‘lmadi. Ammo Amir Temur va Bobur mirzo orasidagi vorisiylikka, tarixiy, irsiy va ijodiy yaqinlikka bag‘ishlangan boblar va lavhalarning romanda o‘z o‘rni bor edi, ular avvaldan rejalashtirilgan, dilda pishitilgan, qisman qoralab ham qo‘yilgan edi. Faqat oradan o‘nlab yillar o‘tgandan so‘ng ularni syujet chiziqlariga uzviy bog‘lash, qaytadan avvalgi ijodiy jarayonlarga kirish ko‘p vaqt va qunt talab qildi. Nihoyat, romanning avvalgi nashrlariga kirmay qolgan boblar va lavhalar bu yil vaqtli matbuot sahifalarida chop etilib, jamoatchilikning nazaridan o‘tkazilgandan so‘ng ushbu nashrga kiritildi. Yillar davomida romandagi ayrim noaniqliklar va nuqsonlar haqida asosli tanqidiy fikrlar bildirilgan edi. Zokirjon Mashrabov boshliq Bobur ekspeditsiyasi jahonni kezib, ko‘pgina yangi tarixiy faktlarni kashf etdi. Ular ham ushbu nashrda baholi qudrat hisobga olindi. Bundan o‘ttiz yil muqaddam 1969-yilning yanvarida boshlangan bu ish shoyadki shu bilan nihoyasiga yetgan bo‘lsa. Download 36.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling