Yumshoq to’qimalarning shikastlanishi
Yopiq jarohatlanishlarda shoshilinch tibbiy
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yumshoq toʻqimalarning ochiq jarohatlanishi Tirnalishlar
- Yirtilishlar
Yopiq jarohatlanishlarda shoshilinch tibbiy
yordam Nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligiga, nafas olishga va qon aylanishiga baho berish va zarur boʻlsa uni tiklash lozim. Sharoitga qarab kislorod berishni boshlash kerak. Ichki jarohatlanishga gumon paydo boʻlsa, bemor holatiga baho beriladi va ichki qon ketishlar bor yoki yoʻqligi tekshiriladi. Shokka qarshi chora tadbirlar oʻtkaziladi. Oyoq yoki qoʻllarda shish, ogʻriq yoki deformasiya kuzatilsa zudlik bilan shinalar qoʻyiladi. Bemorni transportirovka qilinadi. Yumshoq toʻqimalarning ochiq jarohatlanishi teri butunligini buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunday jarohatlarning eng koʻp uchraydiganlari tirnalishlar, yirtilishlar, avulsiyalar, sanchiluvchi jarohatlar, amputasiyalar, majagʻlanishlar hisoblanadi. Yumshoq toʻqimalarning ochiq jarohatlanishi Tirnalishlar . Tirnalishlar bu – qoʻpol yoki qattiq yuza bilan etarlicha kuch bilan bevosita kontakt natijasida epidermis va derma qavatning bir qismi yoʻqolishi bilan xarkaterlanadi. Tirnalishlarda etarlicha kuchli ogʻriq bilan xarkaterlanadi. Ammo yuzaki boʻlib, unchalik qon ketish kuzatilmaydi. Yirtilishlar – bu terining turli uzunlikdagi va chuqurlikdagi jarohatlanishlariga aytiladi. Ular toʻgʻri chiziqli (tekis) va yulduzsimon (chetlari notekis) boʻlishi mumkin. Koʻp hollarda yirtilishlarga oʻtkir predmet bilan kontaktlar olib keladi, ular alohida oʻzi yoki kombinasiya holida ya'ni yumshoq toʻqimalarning boshqa tur jarohatlari – gematoma, tirnalishlar, avulsiyalar va ezilishlar bilan birga uchrashi mumkin. Yirtilishlar Qon ketishlar yirtilashlarda turli xil boʻlib, oddiy kam miqdordan to kuchli qon ketishlar bilan xarakterlanadi. Chuqur yirtilishlar katta qon tomirlarning jarohatlanishi bilan birga keladi, bu esa juda kuchli xavf soladigan qon ketishlarga olib keladi. Shuning uchun bemorni birlamchi koʻruvda ushbu qon ketishni darhol toʻxtatish kerak. Yuqoridagilarga qoʻshimcha ravishda shuni aytish kerakki, tananing kuchli qon bilan ta'minlanuvchi qismlarining, ya'ni yuz, boshning soch qismining yumshoq toʻqimasi va genitali sohalarining yirtilishi, kuchli qon yoʻqotishlarga olib keladi. Avulsiyalar – bunda terining bir parchasini qisman yoki butunlay uzilib ketishi kuzatiladi. Bunday turdagi jarohatlanishda juda koʻp miqdorda qon ketishi kuzatiladi, unki koʻp miqdorda qon tomirlar jarohatlanadi. Avulsiyalar Oʻtkir yoki yarim oʻtkir (pichoqlar) predmetlar bilan kuchli kontakt yoki yuqori tezlikka ega boʻlgan predmetlar (oʻqotar qurollar) bilan kontakt sanchib kiruvchi jarohatlarni vujudga kelishiga olib keladi. Bunday jarohatlanishda jarohatning tashqi koʻrinishi hajm jihatdan ichki strukturalarning jarohatlanish hajmiga nisbatan kichik boʻladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling