Yunon-Baqtriya davlati Reja: Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi va kuchayishi


hind, tohar, sug`d, baqtra, yunon, usun


Download 84.18 Kb.
bet4/4
Sana07.03.2023
Hajmi84.18 Kb.
#1245056
1   2   3   4
Bog'liq
Yunon

hind, tohar, sug`d, baqtra, yunon, usun va boshqa qabila va elatlar yashaganlar.
Shak qavmlariga mansub yuechji qabilalari Markaziy Osiyoning g`arbiy qismida yashar edilar. Yuechjilardan sharqdagi bepoyon dashtlarda esa xunn qabilalari yashar edilar. Uzoq yillar mobaynida yuechjilar o`tloq talashib xunnlar bilan kurash olib borganlar. Bu janglarda goh xunnlar, goh yuechjilar g`olib chiqar edilar. Keyinchalik xunnlar kuchayib, yuechjilarni Markaziy Osiyodan g`arbga chekinishga majbur qilganlar. Ular dastlab Oloy va Dovonga (Farg`ona vodiysi) ko`chib, so`ng So`g`diyona, Shimoliy Baqtriyaga, undan esa Janubiy Baqtriya bo`ylab tarqalganlar. Yuechjilar xyumi, shuanji, guyshan, xise va dumi kabi bir-biriga qarindosh qabilalardan iborat edilar. Aynan ushbu qabilalar Yunon baqtrya davlatiga bostirib kirib barham bergan.10
Bir tomondan yuechji, ikkinchi tomondan ko`chmanchi saklarning shiddatli hujumlari natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Guyshan qabilasining sardori Kudzula Kadfiz qolgan 4 qabilani birlashtirib Kushon davlatiga asos solgan va o`zini «Shohlar shohi» deb e`lon qilgan.Shu tariqa
Kushon podhlogi tashkil topgach u Parfiya bilan zafarli urushlar olib boradi. Kanishka davrida Qashqar, Yorkent va Xutan ham Kushon saltanati tarkibiga kiradi. Shu davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, Parfiyadan Xutongacha yoyilgan edi. Bu davrda Kushonlaf saltanatining poytaxti Baqtradan Peshavarga ko`chirilgan.Aynan Kushon podsholigiga ham Baqtrya asosan tasir o’tkazgan.Unda Baqtryada bo’lgan siyosiy tizim joriy qilingan..
Xo’jalik rivojlangan davrida xo`jalikning hamma tartnoqlari rivoj topdi. Gang, Hind, Oks, Jamna kabi katta-kichik daryolarning bo`ylaridagi unumdor yerlar dehqonchilikning markazlari edi. Yunon Baqtrya davrida suv omborlari, kanallar, ariqlar va suv inshootlari qurilishiga katta e`tibor berilgan. Ziroatkorlar bug`doy, arpa, sholi, g`o`za, tariq, kunjut, mosh, no`xat kabi ekinlar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar. Dehqonlar podsholikning O`rta Osiyo qismida qovoq, bodring, qovun, tarvuz ekib polizchilik bilan shug`ullanganlar. Podsholikning ko`p joylarida, ayniqsa tog` va tog` oldi yerlarida, bog`bonlar olma, nok, o`rik, gilos, shaftoli, anor, anjir kabi mevali daraxtlarni ekib parvarish qilganlar. Kushonlar pod-sholigi davrida chorvachilik ham ancha rivoj topadi.
Baqtrya davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Podsholikda temirchilik, to `qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, me`morchilik, zargarlik, kemasozlik ancha rivoj topgan edi. Hunarmandchilikning yirik markazlari – shaharlar va yirik qishloqlar bo`lgan.
Baqtrya davrida savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Hind savdogarlari «Buyuk Xitoy yo`li» va boshqa savdo yo`llarining tarmoqlari orqali Xitoy, O`rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo qilganlar.
Yunon Baqtrya podsholigida juda ko`p xalqlar va elatlar yashaganlar. Shuning uchun ularning madaniyati rang-barang bo`lgan. Bu narsa tasviriy san`atda, diniy e`tiqodda ham o`z aksini topgan. Yunon Baqtrya podsholigidagi qabila va elatlar buddizm, zardushtiylik va ibtidoiy din shakllariga e`tiqod qilganlar.
Yunon Baqtrya davrida ilmiy-amaliy bilimlar – falsafa, tarix, geografiya, tabobat, matematika kabi fanlar rivoj topgan edi. Kushon madaniyati Qadimgi Hindiston va O`rta Osiyo xalqlarining mashaqqatli mehnati bilan yaratilgan.


Download 84.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling