Yunon-lotin dubletlari. Organlardagi va to‘qimalardagi patologik, o‘zgarishlarni, terapevtik va хirurgik usullarni ifodalovchi yunon atama elementlari
Download 27.88 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z yasash usullari
- Suffiksatsiya
Termin elementlar. (TE).Mavjud bo‘lgan yoki yangi terminlar yaratishda tayyor holda muntazam foydalaniladigan va terminshunoslikda unga berilgan tushunchani saqlaydigan yasama so‘z qismi (morfema, morfemalar bloki) termin element (TE) deyiladi. Bunda yunon-lotin kelib chiqishli xalqaro termin elementining qaysi transkripsiya, lotincha yoki o‘zbekcha, shaklida namoyonligi muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Termin so‘zni TE ga bo‘lish uni morfemalarga bo‘lish bilan har doim ham mos kelavermaydi, chunki ba’zi TE o‘zida butun blok – ikki-uch morfemaning bir butun qo‘shilishini mujassam etgan. Bunday rasmiy va sermazmun muttasilligida ushbu morfemalar bloki bir turda hosil qilingan yasama so‘zlar qatoridan bo‘lib olinadi, mas., asthen-opia, asthen-o-spermia, asthen-o-depressivus, asthen-isatio terminlarida asthen(o)- (yun. asthenes - kuchsiz) blokli tTE bo‘lib olinadi. Ko‘p uchrovchi TE tom-ia(yun. tome - kesish, qirqish), rhaph-ia (yun. rhaphe - chok), log-ia (yun. logos - fan) – yasama negizning tugallanma qismi – tarkibi bo‘yicha ikki morfemali: o‘zak + so‘zlarga «harakat, hodisa» umumiy ma’nosini beruvchi-ia suffiksi. Ko‘p uchrovchi TE ectomia esa 3 ta qadimgi yunon morfemalaridan iborat: ek- old qo‘shimchasi + tome o‘zagi + -ia suffiksi. So‘z yasash usullari So‘z yasashning asosiy usullari affiksliyoki affikssiz bo‘ladi. Affiksli so‘z yasash– so‘z yasovchi affikslar (prefiks, suffiks) ni so‘z yasovchi negizga qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Affikssiz so‘z yasash, asosan, murakkab so‘zlarni hosil qilishda ishlatiladi. Suffiksatsiya Suffiksatsiya deb suffiksni so‘z yasovchi negizga qo‘shishga aytiladi. Natijada olingan yasama negiz suffiksal deyiladi. Suffikslar muhim tasniflash vazifasini bajaradi. Suffiksatsiyada so‘z yasovchi negiz sifatida turli so‘z turkumlari – ot, sifat, fe’ldan foydalaniladi. Ayrim suffikslar faqat ma’lum bir so‘z turkumi negizi bilan qo‘shiladi, mas., -al, -ar suffikslari ot negizi bilan, -io, -or suffikslari fe’l negizi bilan. Undosh harf bilan boshlanuvchi suffiksning so‘z o‘zagiga qo‘shilishiyordamchi unli orqali sodir bo‘ladi: -i-, odatda, lotin so‘zlarida va -o-yunon kelib chiqishli so‘zlarda, mas.: lot. cruc-i-formis - xochsimon; tuberos-i-tas - do‘mboqlik; yun. bronch-o-genus - bronxogen. NB! Sifat yasalishida suffiks ot negiziga (qar. k. birlikda) qo‘shiladi: thorax, acis – thorac-ic-us; cartilago, inis – cartilagin-e-us. Odatda, so‘z yasovchi negiz va suffiks bir tilga oid – yo lotin tiliga, yo yunon tiliga. Lekin terminshunoslikda gibrid so‘zlar ham kam emas, ayniqsa, sifatlar orasida, mas.: brachi-al-is, acromi-al-is, pyramid-al-is, petr-os-us, arteri-os-us so‘zlarida negiz yunoncha, suffikslar esa lotincha. O‘zida ham yunon, ham lotin suffikslarini mujassam etgan sifatlar ham uchraydi: spheno-id-al-is (-id – yun., -al – lot.). Download 27.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling