Yunon-lotin dubletlari. Organlardagi va to‘qimalardagi patologik, o‘zgarishlarni, terapevtik va хirurgik usullarni ifodalovchi yunon atama elementlari.
Organlardagi va to‘qimalardagi patologik‘o‘zgarishlarni, terapevtik va xirurgik usullarini ifodalovchi yunon atama elementlari
Klinik iboralarning tuzulishi.
Tibbiy iboralar qadimgi grek va lotin tillari asosida qurulgan. Grek- lotin so‘zlarning o‘zagi yasama va murakkab iboralarni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Bir nechta murakkab lotincha yoki qadimgi grekcha o‘zak bir so‘zda unli yoki unsiz bog‘lanib o‘zbekcha bir nechta so‘zlar bilan tarjima qilinadi.
Endocrinologia- uchta grekcha birikmadan iborat bo‘lib o‘zbek tilida bir nechta so‘zni talab qiladi. “Ichki sekretsiya bezlarning tuzilishi va funktsiyasi, bu bezlar funktsiyasining buzulishiga aloqador kasalliklar to‘g‘risidagi fan”. Meditsina iboralarini kelib chiqishi nuqtai –nazaridan 3 ta turga bo‘lish mumkin: birinchi (boshlang‘ich), yasama va murakkab.
Birinchi -ibora grekcha yoki lotincha so‘z o‘zining dastlabki ma’nosini saqlaydi yoki boshqa ma’noga o‘tganligini ifodalaydi.
Gaster -- me’da (oshqozon)
Atrium -- yurak bo‘lmasi
Cor -- yurak
Yasama ibora -- bu lotincha yoki grekcha o‘zak old qo‘shimcha- suffikslar bilan yangi ma’noli so‘zni hosil qiladi.
Parotitis -- quloq atrofidagi bezning yallig‘lanishi
Panplegia – butun tananing falaj bo‘lishi
Murakkab ibora bir nechta grekcha yoki lotincha o‘zaklardan tashkil topib ma’lum bir tushunchani anglatadigan so‘z (TЭ) dir:
Odontopoёsis --tishning tuzulishi
Odontoma --tish o‘smasi (shish)
Odontodynia --tish og‘rig‘i
Odontorrhagia -- tishni sug‘urib olgandan so‘ng qon ketishi
Odontologia -- tish kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |