Юнусобод туман прокуратурасига жабрланувчи Сатторовнинг ариза билан мурожаат қилди ва унга кўра Ботировга нисбатан жкнинг 169-моддаси 3-қисми «а» банди билан жиноят иши қўзғатилди
-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
Download 36.5 Kb.
|
416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va ularni alohida-alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Iltimosnomada ayblovni to‘ldirish bilan bog‘liq protsessual harakatlarning o‘tkazilishi zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Sud berilgan iltimosnoma bo‘yicha uni qanoatlantirish to‘g‘risida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni to‘ldirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini ko‘rsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada ko‘rsatgan holda topshiradi. Qo‘shimcha protsessual harakatlar natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga yig‘ilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchani o‘qib eshittiradi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi. Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi bo‘yicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi. Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi. Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni o‘zgartirish yoki to‘ldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling