Yuqori haroratda boradigan jarayonlar reja: Ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalanish. Hozirgi zamon sanoat pechlari


Sanoat pechlarining klassifikatsiyasi


Download 82.5 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1588544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yuqori haroratda boradigan jarayonlar

Sanoat pechlarining klassifikatsiyasi



T/r

Pech turi

Nomi

Ishlatilishiga ba`zi misollar

1

Shaxta

Domna
Vagranka
Rangli metallurgiya pechlari
Ohaktosh pechlari
Ichidan isitadigan yarim kokslash pechlari
Gazogeneratorlar

Uzluksiz ishlaydigan quritish pechlari (VIS-42 DK)



Cho`yan eritish
Cho`yan eritish
Mis, qo`zg`oshin va nikelli rudalarni eritish
Karbonatlarning parchalanishi (dissotsiatsiya)
Ko`mir va torfni yarim kokslash
Qattiq yoqilg`ilarni gaz holiga keltirish
Konditer sanoatida kakaoni quritish

2

Tokchali

Mexanik pechlar

Kolchedan, oltingugurtli rudalarni, konsentrat va tuzlarni kuydirish













3

Qattiq materiallarni kukunlab kuydiruvchi

Kukunsimon kuydirish pechlari
Quritish pechlari

Kolchedan, rangli metallar, ruda va konsentratlarni kuydirish
Materiallarni quritish

4

Qaynovchi qavatli

Kuydirish pechlari
Yarim kokslash pechlari
Regeneratorlar
Quritish pechlari
Kreking pechlari

Gazogeneratorlar



Rudalarni kuydirish
Kolchedan va rangli metal, torf, slanetsni yarim kokslash
Katalizator sathidagi uglevodorodli birikmalarni kuydirish
Donador materiallarni quritish
Inert, donador issiqlik tashuvchi qatlamda gudron va neft qoldiqlarini parchalash
Piroliz va gazga aylantirish



5

Barabanli aylanuvchi

Sement olish pechlari
Pishirish pechlari

Ferrit pechlari


Kuydirish pechlari

Quritish pechlari



Sement klinkeri minerallarini hosil qilish
Giltuproq va silikat materiallar va silikatlarning hosil bo`lishi
Natriy ferrit olish
Kolchedan, loy, magnezit, dolomitlar kuydirish
Rudalar, minerallar, tuz, shakar va boshqa birikmalarni quritish

6

Tunnelli

Pishirish pechlari

Piroliz pechlari


Suyuqlantirish pechlari
Quritish pechlari

O`tga chidamli, kulolchilik mahsulotlarini pishirish
Slanetsni yarim kokslash, yog`ochni piroliz qilish
Oltingugurtli rudalarni suyuqlantirish
Kulolchilik mahsulotlarni quritish

7

Kamerali

Sopol buyumlarni pishirish pechlari
Shisha buyumlarni pishirish pechlari
Halqasimon pechlar

Mufel pechlar


Retortalar


Kokslash va yarim kokslash pechlari

Quritish pechlari


Non pishirish pechlari
PXS-25
FTL-2
VNIIXP-P-57 (FTL-20)

Kulolchilik va o`tga chidamli buyumlarni pishirish
Shisha pishirish

G`isht va boshqa kulolchilik buyumlarni pishirish


Xlorid kislota, natriy sulfat olish
Magneziya tuzlarni parchalash, yog`ochni yarim kokslash va quruq haydash
Qattiq yoqilg`ilarni kokslash va yarim kokslash
Kulolchilik, o`tga chidamli mahsulotlar va tuzlarni quritish
Non pishirish

8

Vannali

Alangali regeneratorli pechlar (Martin pechi)

Konvertorlar


Tigel pechlar



Marten usulida po`lat, rangli metallar eritish, shisha eritish, shisha pishirish
Po`lat, rangli metallar eritish va qayta eritish
Cho`yanni qayta eritish, rangli metallarni termik ishlash







Rafinatsiya pechlari



Rangli metallarni tozalash

9

Trubkali

Piroliz pechlari

Neft va neft mahsulotlarini haydash, krekinglash, toshko`mir smolasini haydash, sirka angidrid olish, uglevodorodlar pirolizi

10

Elektrik

Elektr yoyli bilvosita qizdiruvchi (ochiq yoy bilan)

Elektr yoyli bevosita qizdiruvchi (yopiq yoy bilan)


Bilvosita qizdiriladigan qarshilik pechlari


Bevosita qizdiriladigan qarshilik pechlari

Kombinatsiyalashgan pechlar


Vakuumli yoy pechlar


Elektr shlak pechi

Induksion pechlar



Rangli metallarni eritish va tozalash

Sifatli po`lat eritish, ferroqotishmalar olish, metan va boshqa uglevodorodlarni krekinglash


Kalsiy karbidni azotlashda, kremniy karbid va kvars shishasini olishda
Sun`iy grafit, uglerod sulfid, sianidlar olishda
Karbidlar olishda, fosforni haydashda, metallarni udalar va konsentrlardan ajratib olishda,
Eritmalari alyuminiy oksid, karnallit, elektrokorundlarni elektroliz qilishda
Yuqori sifatli po`latlarni suyuqlnatirib olishda
Metall va qotishmalarni qayta eritib, yuqori sifatli po`lat olish, kvars shishasini pishirish

Ish unumi yuqori bo`lgan pechlarda bu koeffitsiyent past bo`lishi kerak, masalan, domna pechlar uchun u 0,65…0,85 ni tashkil etadi.


Shaxta pechlarining keng tarqalgan turlaridan biri domna pechining kesimi sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.
Tokchali pechlar – bevosita qizdirilgan pechlar turiga kirib, issiqlik ekzotermik reaksiya natijasida kuydirilayotgan materialdan ajralib chiqadi. Tokchali mexanik pechlar hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo`lib, u asosan, rudalarni kuydirishda ishlatiladi. Shunday pechlardan birining sxemasi 4-rasmda keltirilgan. Bu pechlarda materiallar pech ichiga ustma-ust joylashtirilgan tokchalarda kuydiriladi va undagi eshkaktaroq yordamida yuqoridagi tokchadan pastga tomon siljitiladi. Bunday pechlardan eng ko`p qo`llaniladigan VXZ (Voskresensk kimyo zavodi) pechi bo`lib, uning balandligi 8 metr va diametric 5 metrli po`lat silindr 5 dan iborat. Pechning ichki tomoni o`tga chidamli g`isht bilan ishlangan (futerovka qilingan). Pechning ichki qismida o`tga chidamli g`ishtdan ishlangan 8 ta olovdon bor. Ruda yuqoridan maxsus bunker orqali pechga tushiriladi va maxsus uskunalar yordamida pastga qarab (tokchalar orqali) harakatlantiriladi, pastdan esa havo puflab turiladi. Ruda barcha tokchalar orqali aylanib o`tib to`la quyadi.
VXZ pechining intensivligi sutkasiga I1VXZ=250 kg-1 m2 yoki I1VXZ=200 kg-1 m2 sutka. Bitta pech bir sutkada 35 tonna kolchedanni kuydira oladi. Bunda hosil bo`layotgan gazlar aralashmasida 8…10% SO2 va kuyundida esa 2% S bo`ladi.
VXZ pechlari ancha murakkab tuzilganligi uchun ulardan foydalanish qimmatga tushadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda boshqa tipdagi pechlardan ko`proq foydalaniladi.
Kukun (chang) simon materialni kuydirish pechlari – bunda foydalangan (kukun holiga qadar) material (masalan, kolchedan) havo bilan birga forsunka 3 orqali qizdirilgan pechga kiritiladi (5-rasm). Material havo oqimi ta`sirida yuqoriga ko`tarilib, u yerda yangi havo bilan to`qnashadi, so`ngra kuyundi pastga tushadi. Kuyundi pech bunkeridan chiqarib olinadi, hosil bo`lgan gaz aralashmasi esa pechning yon tomonidagi shtutseri orqali chiqib ketadi.
Bu pechlarning tuzilishi mexanik pechlarga nisbatan ancha oddiy va ularning intensivligi ham 3-4 marta ko`p, bunda hosil bo`layotgan issiqlik bug` qozonlarida ishlatiladi.
Kukunsimon materialni kuydirish pechlarning kamchiligi shundaki, ular mexanik pechlarga nisbatan chidamsiz, hosil bo`layotgan gaz tarkibida chang ko`p bo`ladi.
Qaynayotgan qavatda kuydirish pechlari (6-rasm). Bunday pechlar ishlab chiqarishda endi qo`llanila boshlandi. Kuydirish materiali (kolchedan) uzluksiz ravishda pech to`riga uzatib turiladi, havo esa to`r ostidan ventilyator yordamida puflanadi. Havo to`r teshikchalari orasidan katta tezlik bilan o`tib, kolchedanni yuqoriga ko`taradi va uni aralashtiradi, bunda kolchedan xuddi qaynayotgandek bo`ladi (shuning uchun ham bu jarayon qaynovchi qavatda kuydirish deyiladi).
Kolchedan to`r bo`ylab harakat qilishi davrida kuyadi. Bunday pechlarning intensivligi mexanik pechlarnikidan 10 marta ko`p, hosil bo`layotgan gazlar aralashmasida 15…16%, nazariy hisoblashlarga ko`ra esa 16-17% SO2 bor, pechning ishini avtomatlashtirish mumkin, hosil bo`layotgan issiqlikdan tegishli maqsadlarda foydalaniladi, lekin gazlar arashmasida chang juda ko`p bo`ladi.
Hozir sutkasida 100-200 tonna kolchedan kuydira oladigan shunday pechlar qurilmoqda.

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling