Yuqori haroratda boradigan jarayonlar reja: Ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalanish. Hozirgi zamon sanoat pechlari
Download 82.5 Kb.
|
yuqori haroratda boradigan jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunnelli pechlar
- Kamerali pechlar
Barabanli aylanuvchi pechlar. Bu pechlarning butun uzunligi bo`yicha haroratni kerakligicha boshqarish qiyin bo`lgani uchun ular kam qo`llaniladi. Shu pech tipidagi pechlar sement ishlab chiqarishda ishlatiladi. Pechning uzunligi 185 metr va diametri 5 metrgacha bo`lishi mumkin. U deyarli gorizontal (qiyalik burchagi 2-5º xolos) o`rnatilgan bo`lib, maxsus qurilmalar yordamida o`z o`qi atrofida aylanadi.
Tunnelli pechlar uzunligi 200 metr bo`lgan kanaldan iborat bo`lib, ular o`tga chidamli g`ishtdan terilgan yoki ichi o`tga chidamli g`isht bilan qoplangan (futerlangan) metalldan yasalgan bo`ladi. Kanal ichiga joylashtirilgan temir yo`lda kuydirilishi (pishirilishi) zarur bo`lgan materiallar yoki buyumlar ortilgan va bir-biriga zich ulangan vagonchalar gaz yoki havo oqimiga qarshi harakatlanadi. Tunnelli pechlarda issiqlik ishlov berilishi zarur bo`lgan materiallarga qarshi berilayotgan qizdirilgan gaz orqali beriladi. Kanal uch: qizdirish, kuydirish (pishirish) va materiallarni sovitish qismlardan (zonadan) iborat. Kuydirish (pishirish) zonasida forsunkalar yordamida gaz, qattiq yoki suyuq yoqilg`ilar yoqiladi va yoqilg`i gazlarni qizdirish zonasiga o`tkaziladi. Tunnelli pechlarda temperature rejimini vaqt birligi ichida juda yaxshi boshqarish mumkin, pechlar uzluksiz ishlaydi, oson va to`la avtomatlashtirish mumkin. Ularning intensivligi katta (sutkasiga 200 tonna), ishlatish oson va ishonchli. Tunnelli pechlar o`tga chidamli va boshqa kulolchilik mahsulotlarini pishirishda, slanetsni yarim kokslashda, yog`ochni quruq haydashda, rudalardan oltingugurt eritib olishda qo`llaniladi. Kulolchilik mahsulotlarini pishirishda qo`llaniladigan, uzluksiz ishlaydigan tunnelli pechning sxemasi quyidagi rasmda berilgan. U pechning usunligi 165 metr. Kamerali pechlar – turli shakldagi yopiq kameralardan iborat. Ular turli ishlab chiqarishlarda qo`llanilib, bir-birilaridan ishlash sharoiti, konstruksiyasi va qizdirish usullari bilan farqlanadi. Kamerali pechlar o`z tuzilishi jihatidan juda oddiy bo`lib, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida keng qo`llaniladi. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling