Yuqori haroratda boradigan jarayonlar reja: Ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalanish. Hozirgi zamon sanoat pechlari


Download 82.5 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1588544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yuqori haroratda boradigan jarayonlar

Hozirgi zamon sanoat pechlari. Ishlab chiqarishlarda yuqori haroratli jarayonlar turli pechlarda, kontakt apparatlar, avtoklavlar, bug`latuvchi apparatlar, qozonlar va shunga o`xshash apparatlarda sodir bo`ladi.
Asosiy yuqori haroratli jarayonlar sanoat pechlarida o`tkaziladi. Sanoat pechlarida issiqlik (yuqori harorat) yoqilg`ining yonishi, ekzotermik kimyoviy reaksiyalar, elektr energiyasining issiqlik energiyasiga aylanishi hisobiga hosil bo`ladi. Sanoat pechlarining o`ziga xos xususiyati shundaki, ularda reaksion apparat (ma`lum texnologik jarayonlarni o`tkazish uchun zarur bo`lgan jihozlar yig`indisi) hamda energetik qurilmalar (issiqlikni hosil qilish va ishlatish jihozlari) bir agregatga joylashtiriladi. Sanoat pechlarini loyihalashda ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Issiqlik energiya manbaidan qizdirilayotgan material, mahsulot yoki reaksion aralashmaga iloji boricha jadal ravishda o`tsin;

  2. Issiqlik yo`qotilishi (isrofi) minimal darajaga keltirilgan holda imkoni boricha, regeneratsiya ussullaridan foydalangan holda, issiqlikdan foydalanish koeffitsiyenti maksimal qiymatga yetsin;

  3. Yuqori sifat ko`rsatkichlarini saqlagan holda mahsulotning maksimal chiqishiga erishish;

  4. Ularning konstruksiyasi oddiy va mustahkam bo`lishi kerak;

  5. Pech ishidagi barqarorlik;

  6. Pechning ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish oson bo`lishi lozim.

Sanoat pechlari o`zlarining turli ko`rsatkichlariga asosan klassifikatsiyalanadi: sanoat tarmoqlarida ishlatilishiga ko`ra, issiqlik energiyasi manbaiga ko`ra, isitish usuliga ko`ra, texnologik vazifasiga ko`ra, xom ashyolar bilan to`ldirish usuliga ko`ra va h.k.
Issiqlik energiyasi manbaiga ko`ra:

  1. Issiqlik pechlari – qattiq, kukun holdagi, suyuq va gazsimon yoqilg`ilardan foydalaniladi;

  2. Elektr pechlari – issiqlik manbai elektr energiyasidan iborat;

  3. Qolgan pechlar – ularda zarur bo`lgan haroratga o`tayotgan reaksiyalarning issiqligi hisobiga (kolchedan va boshqa oltingugurtli rudalarni kuydirish pechlari, domna pechlari, metallar eritish uchun qo`llaniladigan konvertorlar) erishiladi.


Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling