Izolyatsiyani toʻg’rilangan yuqori kuchlanish bilan sinovlar quyidagi chizmalardan birida oʻtkaziladi a)Kenatronni transformatorni yerlangan uchidan ulash chizmasi. v). kenatronni transformatorni toʻla kuchlanish ostida boʻlgan choʻlg’omlari tomonidan oʻlchash chizmasi. 3. Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, hozirgi zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish. Yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinov olib borish kuchlanishi 1000 V dan kichik boʻlgan tarmoqlarda keng qoʻlanilib izolyatsiyani nozik joylarini aniqlashga yordam beradi. Neytrali izolyatsiyalangan kuchlanishi 1 kV gacha boʻlgan tarmoqlarda izolyatsiyani pasaygan yoki shikastlangan joyini aniqlash usuli asosan elektr energiya bilan ta’minlovchi tarmoqlarni navbat bilan podstantsiyadan oʻchirish va tarmoqqa yuqori chastota berish xisoblanadi. Lekigin bu usul qurilmalarni uzoq vaqt bekor turib qolishiga olib keladi. Koʻpgina ishlab chiqarish korxonalarida oʻchirish mumkin boʻlmagan tarmoqlar bor. Agar shikastlangan joy parallel tarmoqlar orqali elektr energiya bilan ta’minlangan joyda yoki izolyatsiyani pasayishi bir necha joyda boʻlsa izolyatsiyani pasaygan joyini topish qiyin boʻladi. Tarmoq izolyatsiyasini shikastlangan joyini aniqlash sxemasini oʻrganib chiqamiz: G-tovush chastotasi generatori yerga va podstantsiya shinalariga kondensatorlar orqali ulangan. Xar bir kondensatorning sigimi 5-10 mkF, kuchlanishi 220 V tarmoqlar uchun 400 V va 380 V tarmoqlar uchun 600 V. Kondensator 1kGts chastotali toklar uchun kichik qarshilik va 50 Gts li chastotali toklar uchun katta qarshilikka ega. Agar ganerator ishlab turgan xolatida tarmoqda bir fazali yerga tutashish roʻy bersa ushbu sxemada generator va kondensator ishdan chiqmaydi chunki kondensator 50 Gts li tokni chegaralaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |