Tarmoqda bir fazali yerga tutashish roʻy berganida generatorni bitta kondensator orqali izolyatsiya shikaslangan joy va yer oraligiga ishga tushirish mumkin. Tarmoqda bir fazali yerga tutashish roʻy berganida generatorni bitta kondensator orqali izolyatsiya shikaslangan joy va yer oraligiga ishga tushirish mumkin. Generatorni quvvati 15 Vt dan kichik boʻlmasligi va yerga ulanish joyida maksimal toki 2-4 A boʻlishi kerak. Ushbu tok kondensator, podstantsiya shinalari, talluqli tarmoq fazasi va shikastlangan joyga oqib boradi. SHikastlangan joydan generatorga esa yer orqali oqib boradi. G-generatorni yoqib, tok oʻlchovchi kleshdan foydalanib kuchlanish ostidagi liniyani klesh oraligiga olamiz. Xar bir faza yakka koʻriladi. Izolyatsiya yaxshi tarmoq fazasida generator konturini zanjiri ulanmaydi va klesh xech narsa koʻrsatmaydi (I-xolat). Izolyatsiya past tarmoq fazasi klesh oraligiga olinganida unda 1 kGts li tok konturi ulanganligi uchun, klesh strelkasi og’adi va naushnikda tovush paydo buladi (II-xolat). SHikastlangan tarmoq topilganidan soʻng klesh bilan yurib borib tarmoqni shikastlangan joyi topiladi (III-xolat). Biz koʻrib oʻtgan usul bilan tarmoqni shikastlangan joyini kuchlanishni olmagan xolda tez va aniq topish imkoniyatini beradi, xamda tutashishning katta oʻtish qarshiliklarida (bir necha yuz Om) yerga tutashish joyini topsa boʻladi. Biz koʻrib oʻtgan usul bilan tarmoqni shikastlangan joyini kuchlanishni olmagan xolda tez va aniq topish imkoniyatini beradi, xamda tutashishning katta oʻtish qarshiliklarida (bir necha yuz Om) yerga tutashish joyini topsa boʻladi. Neytrali izolyattsiyalangan tarmoqlarda izolyattsiya xolatini doimiy nazorat qilishni avtomatik usuli kuchlanish olinmagan va elektr energiyasini qabul qiluvchi oʻchirilmagan xolda izolyattsiyani shikastlangan joyini aniqlash va selektiv ravishda shikastlangan tarmoqni oʻchirish imkoniyatini beradi. Bu usul tarmoqni tez oʻchirish xisobiga izolyattsiya qarshiligini yuqori darajada ushlab turish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |