Rekonvalessensiya (sog‘ayish) davri. Bu davr ko‘pincha to‘la sog‘ayish bilan tugallanmasligi, ya’ni bunda qoldiq belgilar kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda kasallikning o‘tkir shakli surunkali shakliga o‘tishi mumkin (brusellyoz, virusli gepatitlar). - Yuqumli kasalliklar infeksiya manbai bo‘yicha ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- 1.Antroponozlar — faqat odamlar kasallanadigan kasalliklar. Bu kasalliklar hayvonlarda uchramaydi. Bularga qorin tifi, difteriya, virusli gepatitlar va boshqalar kiradi.
- 2. Zoonozlar — odam va hay- vonlar kasallanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar. Bularga brusellyoz, quturish, kuydirgi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |