Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari. Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari


Download 2.48 Mb.
bet1/8
Sana06.09.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1673415
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-2 Kirish.rivojlanish tarixi

Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari.

Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari.


Seytnazarov Miyribek Maxsetovich

Reja:

Reja:

1. Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi.


2. Yuqumli kasalliklar fanining maqsadi.
3. Yuqumli kasalliklar fanining vazifalari.

O‘z davrining yetuk olimi Gippokrat (eramizgacha 460 377-yillar) epidemiyalar kelib chiqishini alohida «miazmalar» – havoning yuqumli bug‘lanishi bilan bog‘liq deb tushuntirgan. Abu Ali ibn Sino (980–1037) bizga katta meros qoldirgan. Uning «Tib qonunlari» nomli asarida yuqumli kasalliklarning yuqumlilik xususiyati haqida qarashlar mavjud.

O‘z davrining yetuk olimi Gippokrat (eramizgacha 460 377-yillar) epidemiyalar kelib chiqishini alohida «miazmalar» – havoning yuqumli bug‘lanishi bilan bog‘liq deb tushuntirgan. Abu Ali ibn Sino (980–1037) bizga katta meros qoldirgan. Uning «Tib qonunlari» nomli asarida yuqumli kasalliklarning yuqumlilik xususiyati haqida qarashlar mavjud.


Ibn Sino kasallik tarqalishini hasharotlar sonining ko‘payishi bilan bevosita bog‘ladi, masalan, pashhsalar ko‘p bo‘lgan joyda vabo epidemiyasi, chivinlar ko‘paygan botqoq joylarda bezgak tarqalishiga alohida e’tibor berdi. Bezgak kasalligi klinikasini batafsil yozib qoldirgan. Quturish kasalligi bo‘ri, it, tulki, shoqol va boshqa hayvonlar tishlashi tufayli vujudga keladi, degan fikrni aytgan. Ibn Sino gelmintlarni to‘rt xil ko‘rinishda ta’riflaydi: katta uzun, yumaloq, yassi («kadi urug‘i») va mayda.
Gollandiyalik tabiatshunos Antoni van Levenguk (1632–1723) XVII asrning oxirlarida ko‘zga ko‘rinmas mikroorganizmlar dunyosini ochdi.
Angliyalik vrach E.Djenner (1749-1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib bergan edi.
Mikroorganizmlarni o`rganishning yangi davri-Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash-(mikroblarni nobud qilish) usullarini kiritdi.
Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42- 430С temperaturada o`stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi bilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo`lishini aniqladi.
Pasterning qutirish kasalligini o`rganish borasidagi ishlari ham o`ta katta ahamiyatga moliqdir. Kasallangan quyon miyasini sekin-asta quritib, kuchsizlantirilgan kasallik qo`zg`atuvchini oldi va u bilan hayvonlarni emlab sog`lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo`llarini topdi. Bunday emlashlar, antirabik-qutirishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng ko`llamda tarqadi. Bu ishlar yangi fan immunologiyaning paydo bo`lishiga asos soldi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling