Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari. Yuqumli kasalliklar fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari


Download 2.48 Mb.
bet6/8
Sana06.09.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1673415
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-2 Kirish.rivojlanish tarixi

Prodromal davr.

  • Bu davrda kasallikning dastlabki belgilari kuzatiladi. Bular holsizlik, haroratning ko‘tarilishi, uyquning buzilishi va ishtahaning pasayishi kabilar bo‘lib, ular ko‘pgina yuqumli kasalliklar uchun umumiydir. Shuning uchun bu davrda kasallikka aniq tashxis qo‘yish ancha qiyin bo‘lishi mumkin.
  • Lekin ayrim yuqumli kasalliklarda prodromal davrdayoq kasallikka xos bo‘lgan asosiy belgilarni ko‘rish mumkin. Masalan, qizamiqning prodromal davrida uchraydigan kataral belgilar, chinchechakda terida o‘ziga xos joylashgan toshmalar, virusli gepatitda – kataral, dispeptik, artralgik, astenovegetativ yoki ularning birga uchrashi kasallikka tashxis qo‘yishda hal qiluvchi belgilar bo‘lib hisoblanishi mumkin.

Kasallikning avj olish davri.

  • Bu davrda kasallikka xos bo‘lgan barcha belgilar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Klinik belgilarni to‘g‘ri baholash uchun ularni kardinal fakultativ va umumiy belgilarga ajratish zarur. Kardinal belgilar kasallik uchun xos bo‘lgan asosiy belgilardir. Masalan, qoqsholda trizm (chaynash mushaklarining tarangligi va tortishib qisqarishi), botulizmda diplopiya (ko‘zga buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi) va ptoz (yuqori qovoqning osilishi) kardinal belgilar hisoblanadi.

Rekonvalessensiya (sog‘ayish) davri.

  • Bu davr ko‘pincha to‘la sog‘ayish bilan tugallanmasligi, ya’ni bunda qoldiq belgilar kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda kasallikning o‘tkir shakli surunkali shakliga o‘tishi mumkin (brusellyoz, virusli gepatitlar).
  • Ba’zi infeksiyalarda (bezgak) kasallikning qaytalanishi – residivlar kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechganda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda tibbiy fanlarning jadal rivojlanishi va bunda katta yutuqlarni qo‘lga kiritilishi tufayli yuqumli kasalliklardan o‘lish hollari ancha kamaygan.

Yuqumli kasalliklar qaysi muhitda tarqalishiga qara 2 ga bo‘linadi.


Faqat odamzodga xos bo‘lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklar hayvonlarda aslo uchramaydi. Qizamiq, difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruhga kiradi.
Brutsellyoz (qora oqsoq), quturish, toun (o‘lat), salmonellyoz kabi xastaliklar odamda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Bunday kasalliklar
zoonoz xastaliklar deb ataladi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling