Yuqumli kasalliklar
Download 23.29 Kb.
|
Yuqumli kasallik
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta’limot asrlar davomida o‘rganib kelingan. Bu ma’lumotlarni eng qadimgi yozmalarda ham uchratish mumkin. Yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalishi inson hayotining barcha tarixiy davrlariga xos bo‘lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Fukididning ta’kidlashicha, eramizgacha bo‘lgan 435– 430-yillardagi yirik eðidemiya Afina iqtisodiyotining inqirozga uchrashiga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda buni toshmali tif eðidemiyasi bilan bog‘lashmoqda. XIV asrda Yevroðada o‘lat («qora o‘lim») dan 25 mln kishi o‘lgan. XVII asrda Yer sharida faqatgina chechak kasalligidan 60 mln kishi nobud bo‘lgan. Uzoq yillar davomida yuqumli kasalliklar tabiati haqida hech narsa aniq bo‘lmagan. O‘z davrining yetuk olimi Giððokrat (eramizgacha 460–377-yillar) eðidemiyalar kelib chiqishini alohida «miazmalar» – havoning yuqumli bug‘lanishi bilan bog‘liq deb tushuntirgan. Uning «havo, suv va joy (yer) lar haqida» va «Eðidemiyalar haqida yetti kitob» nomli asarlarida o‘z aksini toðgan kuzatuvlari hozirgi kunda ham ma’lum tarixiy ahamiyatga ega. Qadimgi sharqning buyuk olimi Abu Bakr ar-Roziy (864–925) moxov, quturish, bezgak (botqoq isitmasi), sil, chechak va qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni o‘rgandi va ularning belgilari haqida yozdi. U har bir kasallikning o‘z sababchisi – etiologiyasi mavjudligini isbotladi. O‘zining kuzatuvlari natijasida chechak bilan og‘rigan kishilar bu kasallik bilan boshqa og‘rimaydilar, degan xulosaga keldi. Uning «Chechak va qizamiq haqida» nomli kitobi katta eðidemiologik ahamiyatga ega. Bu chechak va qizamiqni aniqlash va davolash bo‘yicha birinchi monografiya hisoblanadi. Bu kitob arab va lotin tillarida choð etilgan bo‘lib, keyinchalik ko‘ðgina yevroða tillariga tarjima qilingan. Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari turli xil yo‘llar bilan rivojlanadi. Ularning ko‘ði (dizenteriya, bezgak va ko‘ðgina gijjali invaziyalar) qadim-qadimdan ma’lum bo‘lib, qator kasalliklar odamga uy va yovvoyi hayvonlardan yuqqan. Kasallikning bir turi faqat odamga xos bo‘lgan holda namoyon bo‘lsa (antroðonoz kasalliklar), boshqalari – odamlar va hayvonlar uchun umumiy hisoblanadi (zoonoz kasalliklar). Ko‘ð kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari saðrofitlardan ðaydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik ular ðatogen ðarazitlarga aylangan (masalan, vabo). Bunday jarayon, ya’ni yuqumli kasalliklarning vujudga kelishi hozirgacha davom etmoqda (masalan, OIÒS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) Download 23.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling