Yuqumli kasalliklar
Infeksiya manbai. Bemor yoki kasal hayvon infeksiya manbai hisoblanadi
Download 23.29 Kb.
|
Yuqumli kasallik
Infeksiya manbai. Bemor yoki kasal hayvon infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik bemordan ham, bakteriya tashib yuruvchilardan ham yuqadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari odam organizmidan tashqi muhitga u yoki bu fiziologik (nafas chiqarish, siydik ajratish, defekatsiya) yoki ðatologik (yo‘tal, balg‘am ajratish, qusish) yo‘llar orqali ajralib chiqadi. Bemorlar infeksiyaning har qanday shaklida ham yuqumlidirlar. Kasallikning yengil va belgilarsiz shakllarida yuqumlilik davri qisqa Umumiy qism 31 bo‘lishi mumkin. Ammo bunday bemorlar kasallikning tiðik shakli bilan og‘rigan bemorlarga qaraganda ancha xavflidirlar, chunki kasallik ko‘ðincha aniqlanmay qolib, ular jamoada infeksiya tarqatib yuradilar. Infeksiya tashuvchanlik. Bu holat infeksiya manbai sifatida, ayniqsa meningokokk infeksiyasida, difteriya, qorin tifi va boshqa kasalliklarda juda katta rol o‘ynaydi. Òashuvchanlik odatda qisqa muddatli bo‘ladi, lekin ayrim hollarda u bir necha oy, hatto yillargacha cho‘zilishi mumkin. Uzoq muddatli tashuvchanlik va bakteriya ajratib yuruvchanlikka odatda surunkali yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lgan kishilar sharoit yaratadilar. Masalan, difteriya tayoqchalari tashuvchanligida surunkali tonzillitlar, surunkali rinitlar, qorin tifi tayoqchalari tashuvchanligida xolangitlar, angioxolitlar va xolesistitlar muhimdir. Òabiiyki, zoonozlar qishloq xo‘jalik tumanlarida keng tarqalgan. Uy hayvonlari bilan birga yovvoyi hayvonlar ham kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. Hayvonlar odamda uchraydigan ko‘ðgina yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy manbai hisoblanadi. Infeksiyalar eðidemiologiyasida ornitoz va salmonelloz kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari manbai sifatida qushlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Infeksiyaning yuqish mexanizmi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining bemor organizmidan ajralib chiqish yo‘li organizmda uning bevosita joylashgan yeriga bog‘liqdir. Masalan, ichak infeksiyalarida qo‘zg‘atuvchilar defekatsiyada, nafas yo‘llari infeksiyalarida nafas chiqarishda va aksa urishda ajralib chiqadi. Ko‘ð qo‘zg‘atuvchilar tashqi muhitda tezroq nobud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qo‘zg‘atuvchilarning noqulay omillarga chidamliligi katta ahamiyatga ega. Masalan, meningokokk infeksiyasi, so‘zak kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari tashqi muhitda juda tez – bir necha minutlar ichida nobud bo‘lsa, kuydirgi, qoqshol va botulizm kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari sðora hosil qilgan holda tuðroqda yillar va hatto o‘n yillar davomida saqlanishi mumkin. Go‘sht, sut va turli kremlarda ko‘ðgina yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat uzoq vaqtgacha saqlanadi, balki bu mahsulotlarda ular ko‘ðayadi. Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmiga ko‘ra, infeksiya yuqishining quyidagi turlari farqlanadi. 32 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Havo-tomchi yo‘li bilan yuqish. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari bemorning nafas yo‘llaridan tashqi muhitga yo‘talganda, aksa urganda, gaðlashganda so‘lak zarrachalari bilan ajralib chiqadi va nafas olish orqali sog‘lom organizmga tushadi. Bunday yo‘l bilan o‘tadigan qo‘zg‘atuvchilar odatda tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, tez nobud bo‘ladi. Infeksiyaning chang orqali tarqalishi (havo-chang yo‘li bilan yuqish) kuydirgi, tularemiya, sil, Ku-isitma va boshqalarda aniqlangan. Bu yo‘l bilan yuqadigan mikroorganizmlar odatda quritishga chidamli bo‘lib, uzoq saqlanadi. Oziq-ovqatlar orqali (alimentar) yuqish. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari organizmga og‘iz orqali (ðeroral) tushadi. Bu yo‘l bilan asosan ichak infeksiyalari yuqadi. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari organizmdan najas bilan ajralib chiqadi va sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida oziq-ovqatga va suvga tushadi. Kasalliklar hayvonlardan olingan mahsulotlar orqali ham yuqishi mumkin. Masalan, brusellyoz kasal hayvonlarning suti va go‘shti orqali, salmonelloz kasal hayvonlar go‘shti yoki kasal qushlar tuxumi orqali yuqishi mumkin. Infeksiya oziq-ovqatlarga ðashshalar orqali ham tushishi mumkin. Ichak infeksiyalari ifloslangan qo‘l va buyumlar orqali ham yuqadi. Ichak infeksiyalari, ayniqsa dizenteriya, qorin tifi va vabo kabilar, hovuz, individual quduqlar yoki ayrim vodoðrovod tarmoqlarining ifloslanishi natijasida suv orqali yuqishi mumkin. Bundan tashqari, yomg‘ir natijasida tuðroqda bo‘lgan yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining yer osti suvlari orqali suv havzalariga tushishi tabiiydir. Bu esa yirik eðidemiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ichak kasalliklari ðrofilaktikasida asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Kontakt yo‘li bilan yuqish. Bu yo‘l bilan infeksiya bevosita va bilvosita yuqishi mumkin. Bevosita kontakt yo‘li bilan yuqishga odamni quturgan hayvon tishlashi natijasida quturish kasalligi hamda jinsiy yo‘l bilan OIÒS va venerik kasalliklarning yuqishi misol bo‘la oladi. Infeksiyaning bemorlar foydalangan buyumlardan sog‘lom odamlarga kontakt yo‘li bilan yuqishi, masalan kuydirgining mo‘yna yoqa orqali yoki teridan tayyorlangan buyumlar orqali yuqishi odatda bilvosita kontakt yo‘li bilan yuqish deyiladi. Umumiy qism 33 Òransmissiv yuqish. Òransmissiv yuqishda kasallik qo‘zg‘atuvchilari bemor qonidan sog‘lom odam qoniga bevosita qon so‘ruvchi hasharotlar (sðetsifik infeksiya tashuvchilar) orqali tushadi. Qon so‘ruvchi hasharotlar bemor odam yoki hayvon qonini so‘rgandan keyin uzoq vaqtgacha yuqumli bo‘lib qoladi va sog‘lom kishilarni chaqishi natijasida ularga kasallik yuqtiradi. Bularga anofeles chivini (bezgak qo‘zg‘atuvchisini yuqtiruvchi chivin), bitlar (toshmali va qaytalama tif tashuvchisi), kanalar (ensefalit tarqatuvchisi), moskitlar (leyshmanioz, ðaððatachi isitmasi tashuvchisi) va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Òransðlasentar yuqish. Bu homilaga ona qornida rivojlanish davrida kasallik yuqishidir. Bu borada virusli infeksiyalar juda xavfli hisoblanadi. Sodda organizmlar ham mazkur yo‘l bilan yuqishi mumkin. Aholining kasallikka moyilligi. Bu ko‘rsatkich yuqqan infeksiyaning rivojlanishi uchun asosiy sharoitdir. Bunda nafaqat har bir kishi, balki aholining umuman mazkur infeksiyaga nisbatan moyillik darajasi alohida ahamiyatga ega. Moyillik kontagiozlik indeksi bilan baholanadi. Bu kasallanganlar sonining bemor bilan aloqada bo‘lganlar soniga nisbatidir. Bu ko‘rsatkich o‘ndan bir bo‘laklarda yoki foizlarda ifodalanadi. Qizamiqda bu ko‘rsatkich 1 ga yoki 100% ga yaqin. Infeksiya tarqalishida ijtimoiy sharoitlar, bemor yoshi, umumiy madaniy darajasi, aholining sanitariya madaniyati, ovqatlanish xarakteri hamda immunitet holati katta rol o‘ynaydi. Kasallikning tabiiy yo‘nalishini ðrofilaktik tadbirlar va ayniqsa faol immunizatsiya o‘tkazish orqali tubdan o‘zgartirish mumkin. Aholining kasal yuqtirmaslik qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar Aholining kasal yuqtirmaslik xususiyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar jismoniy tarbiya va organizmni chiniqtirish, sanitariya madaniyatini oshirish va ðrofilaktik emlashlar o‘tkazish orqali sðetsifik immunitet yaratishdan iboratdir. Organizm mikroblar kirishi va yuqumli kasalliklar vujudga kelishiga qarshilik qiladigan qator himoya mexanizmlari (teri va shilliq qavatlar, limfatik tugunlar va b.)ga ega. Sog‘liqni saqlash sistemasining eng dolzarb vazifalaridan biri, bu sðetsifik ðrofilaktikadir, ya’ni bunda organizmning sðetsifik immunitetini oshirishga qaratilgan ðrofilaktik emlashlar orqali kasallikka moyillik kamaytiriladi. Immunitet Immunitet (immunitas – nimadandir ozod bo‘lish, xalos bo‘lish) – bu organizmning yuqumli kasalliklar va boshqa genetik yot bo‘lgan agentlarga berilmaslik qobiliyatidir (javob reaksiyasidir). Immunitet bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Òabiiy va sun’iy immunitet farqlanadi. Òabiiy immunitet o‘z navbatida tug‘ma va orttirilgan immunitetga bo‘linadi. Òug‘ma (turga xos) immunitet – bu bir turdagi hayvon yoki odamning boshqa turlardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yuqtirmaslik xususiyatidir. Odamning tovuqlardagi vabo va shoxli hayvonlardagi o‘lat kasalliklariga, hayvonlarning o‘z navbatida esa odamda kuzatiladigan so‘zak, meningit, qizamiq, qorin tifi va qator odam uchun ðatogen bo‘lgan mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarga berilmasligi immunitetning bu turiga misol bo‘la oladi. Onadan homiladorlik ðaytida bolaga qizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal kabi kasalliklarga qarshi immunitet o‘tadi (ðlatsentar immunitet) va bola tug‘ilgandan keyin bir necha oygacha bu kasalliklar bilan og‘rimaydi. Orttirilgan immunitet – bu odam organizmi yoki hayvonning shunday yuqumli agentlarga berilmaslik xususiyatiki, bu uning individual rivojlanishi jarayonida shakllangan bo‘lib, o‘ta sðetsifiklik 44 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bilan xarakterlanadi. Masalan, difteriya, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin bu kasalliklarga nisbatan immunitet hosil bo‘ladi va organizm bu kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Lekin boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga moyilligi saqlanib qoladi va organizm ular bilan kasallanishi mumkin. Yuqumli kasallikdan keyin ðaydo bo‘lgan immunitet har xil muddatlarda saqlanishi mumkin, masalan, u griðð, dizenteriyada qisqa muddatli bo‘lsa, qorin tifi, chinchechak va qizamiqda deyarli bir umr saqlanadi. Sun’iy immunitet – organizmni yuqumli kasalliklardan asrash uchun sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi. Sun’iy immunitet 2 xil bo‘ladi: faol (aktiv) va faol bo‘lmagan (ðassiv). Vaksinalar ta’sirida hosil qilinadigan immunitet faol immunitet hisoblanadi. Chunki, bunda organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan sðetsifik antitelolar sintezlanadi (bunda organizm faol qatnashadi). Bunday immunitet organizmni uzoq vaqtgacha mazkur kasallikdan asraydi. Faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet organizmga boshqa immun organizmdan olingan tayyor antitelolar kiritilishi natijasida ðaydo bo‘ladi. Zardob vositasida emlanganda faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet hosil bo‘ladi va bunday immunitet qisqa muddatgina organizmni mazkur kasallikdan saqlay oladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan immunitet turlarini sistematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin. Profilaktik emlashlar (vaksinatsiya) reja asosida o‘tkaziladi. Yuqumli kasalliklar bilan kurashishda erishilgan yutuqlar asosan emlash bilan bevosita bog‘liqdir. Kelajakda ayrim yuqumli kasalliklarni tugatish ishlari ayni shu asosda amalga oshiriladi. Immunoðrofilaktika bo‘yicha umumiy ma’lumotlar Immunoðrofilaktika – bu immun ðreðaratlar yuborish yo‘li bilan inson organizmini himoyalashdir. Immunoðrofilaktika maqsadida ishlatiladigan ðreðaratlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) sun’iy faol immunitet hosil qiladigan ðreðaratlar; 2) faol bo‘lmagan immunitet hosil qiladigan ðreðaratlar; 3) qo‘zg‘atuvchining o‘sish va ko‘ðayishini to‘xtatuvchi ðreðaratlar. Umumiy qism 45 Birinchi guruh ðreðaratlarga vaksinalar va anatoksinlar kiradi. V a k s i n a l a r – faol immunitet hosil qilish maqsadida ishlatiladigan ðreðaratlardir. Bu nom sigir (vacca – sigir)dan yuqumli material olib, undan chinchechakka qarshi vaksina yaratishda foydalangan ingliz olimi Eduard Jenner sharafiga berilgan. Bu ðreðaratlar yordamida immunizatsiya qilish – vaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlar shtammlaridan tayyorlanadi. Bu shtammlar birinchi navbatda to‘liq immunogen xususiyatiga ega bo‘lmog‘i va odam organizmida yetarli miqdorda antitelolar hosil bo‘lishini ta’minlashi lozim. Vaksinalar 2 xil bo‘ladi: tirik va o‘lik. Òirik vaksinalar. Bu turdagi vaksinalar virulentligi ðasaytirilgan, ammo immunogenlik xossalarini saqlab qolgan maxsus olingan mikroorganizm (bakteriyalar, viruslar)lar shtammlaridan tayyorlanadi. Òirik vaksinalar uzoq muddatli immunitet hosil qiladi. Chinchechakka qarshi vaksinaning ommaviy qo‘llanilishi natijasida 1979-yillarga kelib bu kasallik butun dunyoda batamom tugatildi. Bugungi kunda tirik vaksinalar qator virusli, rikketsioz va bakterial infeksiyalar ðrofilaktikasida qo‘llanilmoqda. Bunday vaksinalarga quturish (antirabik vaksina), sil (BSJ), tularemiya, ðoliomiyelit, qizamiq, eðidemik ðarotit va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi. O‘lik vaksinalar. Bular natriy xlorid eritmasidagi o‘lik mikroorganizmlar susðenziyasidir. Ular maksimal immunogen xossalarga ega bo‘lgan mikroblar turlaridan tayyorlanadi. Vaksinalar har xil usullar yordamida faolsizlantiriladi. Bular yuqori harorat, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalar (fenol, formalin, sðirt, aseton va b.)dir. Òirik vaksinalarga nisbatan o‘lik vaksinalar ham immunogenlikka ega. O‘lik vaksinalarga ko‘kyo‘tal (AKDS vaksinasi komðonenti), qorin tifi, vabo, leðtosðiroz va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi. A n a t o k s i n l a r – formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida yuqumsizlantirilgan toksinlardir. Anatoksin (ana – teskari, orqaga) tayyorlash uchun toksinga ozroq miqdorda 0,3–0,4% formalin qo‘shiladi va 30–32 kun davomida 37° C haroratda saqlanadi. Natijada toksin zaharliligini yo‘qotadi, lekin immunogen xossalarini saqlab qoladi. Anatoksinni ishlatganda uzoq muddatli anatoksik immunitet hosil bo‘ladi. Bugungi kunda tozalangan va adsorblangan anatoksinlar qo‘llanmoqda. 46 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Ayrim turdagi vaksinalar gen-injeneriyasi texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilmoqda, masalan, B geðatitga qarshi ishlab chiqilgan DNK-rekombinant vaksina bunga misol bo‘ladi. Vaksinalarni qo‘llash qoidalari. Vaksinatsiya qilish natijasida ðaydo bo‘ladigan immunitet kuchi organizmning immun sistemasi holatiga bog‘liq. Bunda qilingan vaksinalar soni va ularni yuborish intervali ham katta ahamiyatga ega. Ayrim vaksinalar immunitet hosil qila olmaydi, shuning uchun ma’lum intervallardan keyin bu vaksinalar bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi. Vaksinalarning ayrimlari reja asosida o‘tkazilsa, boshqalari kichik guruhdagi kishilar orasida eðidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha, ya’ni kasallik yuqtirish xavfi bo‘lganda (kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi, tularemiyaga qarshi va boshqa vaksinalar) qo‘llaniladi. Ikkinchi guruh ðreðaratlarga immun zardoblar va immunoglobulinlar kiradi. Ma’lumki, yuqumli kasallik jarayonida, ayniqsa sog‘ayish davrida, organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan antitelolar hosil bo‘ladi. Lekin yetarli miqdordagi antitelolarning to‘ðlanishi ko‘ð hollarda kasallik boshlanganidan keyin kamida 3–4 hafta o‘tgach kuzatiladi. Shuning uchun sðetsifik antitelolarni yuborish (seroðrofilaktika) bevosita yuqumli kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda kasallik vujudga kelishining oldini oladi. Immun zardoblar va immunoglobulinlar sun’iy immunlangan hayvon va odam organizmidan olinadi. Ular qonda aylanib yurib, 4– 5 hafta ichida faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet hosil qiladi. Hozirgi ðaytda amaliyotda qoqshol, botulizm, difteriya, griðð kasalliklariga qarshi zardoblar hamda qizamiq, quturish, kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi gamma-globulinlar qo‘llanilmoqda. Qo‘zg‘atuvchining o‘sishi va ko‘ðayishini to‘xtatuvchi ðreðaratlar guruhiga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining ko‘ðayishiga ingibitsiyalovchi (susaytiruvchi) yoki litik (erituvchi) ta’sir ko‘rsatadigan bioðreðaratlar kiradi. Bularga qorin tifi, dizenteriya, salmonelloz, stafilokokk, streðtokokk bakteriofaglari va interferon (odam leykositar interferoni – griðð va boshqa virusli resðirator infeksiyalarini davolash va ðrofilaktikasi uchun ishlatiladi) kiradi. Rejali vaksinoðrofilaktika emlashni ma’lum sxema asosida va ma’lum muddatlarda o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Uni emlash taqvimi (kalendari) deyiladi. O‘zbekistonda hozirgi kunda amal qilinayotgan Umumiy qism 47 emlash taqvimi (2-jadval) 1997-yildan qo‘llanib kelinmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, emlash taqvimiga, lozim bo‘lganda o‘zgartirishlar kiritib turiladi. 2-jadval Rejali ðrofilaktik Rejali ðrofilaktik emlashlar taqvimi (Qzbekiston Resðublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 11.09.97-yil tasdiqlangan) Vaksinatsiya muddati E i mlashning nomi Vaksinaning nom 1 Bi sutkada g 1 eðatitga qarsh VGV2–5 kunda Silga qarshi Poliomiyelitga qarshi BSJ-1 OPV-0 2 oylikda Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi B i geðatitga qarsh AKDS-1 OPV-1 VGV-2 3 oylikda Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi AKDS-2 OPV-2 4 oylikda Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi AKDS-3 OPV-3 9 oylikda Qizamiqqa qarshi B i geðatitga qarsh Qizamiq-1 VGV-3 16 oylikda Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi Qizamiqqa qarshi Eðidemik ðarotitga qarshi AKDS-4 OPV-4 Qizamiq-2 Eðidðarotit-1 7 yoshda (1-sinf) Difteriya, qoqsholga qarshi Poliomiyelitga qarshi Silga qarshi ADS-m-5 OPV-5 BSJ-2 1 i 5 yoshda (9-sinf) S 3 ilga qarsh BSJ1 i 6–17 yoshda D 6 ifteriya, qoqsholga qarsh ADS-m2 i 6 yoshda D 7 ifteriya, qoqsholga qarsh ADS-m4 i 6 yoshda D 8 ifteriya, qoqsholga qarsh ADS-m- 48 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Ma Download 23.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling