Yuqumli kasalliklar
Infeksiya (lotincha infectio
Download 23.29 Kb.
|
Yuqumli kasallik
Infeksiya (lotincha infectio – ifloslanish, yuqish degan ma’noni anglatadi) – bu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarning organizmga kirishi bo‘lib, bunda organizm bilan ular orasida murakkab jarayonlar komðleksi rivojlanadi.
Infeksion jarayon – bu ma’lum tashqi muhit sharoitlarida kasallik qo‘zg‘atuvchilari ta’siriga javoban organizmda yuzaga keladigan fiziologik himoya va ðatologik reaksiyalar majmuidir. Biologik nuqtai nazardan infeksion jarayon ðarazitizmning o‘ziga xos bir ko‘rinishi hisoblanadi va bunda har xil yashash sharoitiga (muhitiga) ega bo‘lgan ikki organizm kurashadi Yuqumli kasallik – bu biologik, kimyoviy, klinik va eðidemiologik tartibdagi o‘zgarishlar va turli belgilar shaklida yuzaga keladigan infeksion jarayon rivojlanishining eng oxirgi davridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, organizmga mikroorganizmlarning tushishi kasallik rivojlanadi degan so‘z emas. Mikroorganizm va ularning mahsulotlari bilan odam organizmi hujayralari orasida vujudga keladigan munosabatlar har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu mikrobning xususiyatlari, organizm holati, tashqi muhit sharoitlari hamda ijtimoiy omillarga bog‘liq. Bular ta’sirida infeksiyaning quyidagi ko‘rinishlari shakllanadi: Manifest (ekzogen) infeksiya – bunda kasallik belgilari aniq namoyon bo‘ladi va klassik ko‘rinishiga mos keladi. Infeksiyaning o‘tkir va surunkali shakllari yaxshi o‘rganilgan. Bunda tiðik va atiðik kechadigan infeksiyalar farqlanadi. Manifest infeksiya yengil, o‘rta 12 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya va og‘ir ko‘rinishlarda kechishi mumkin. Bu infeksiya ko‘ð hollarda ijobiy yakunlanadi (bemor sog‘ayadi). Subklinik (uncha bilinmaydigan) infeksiya – bu aniq klinik ko‘rinishga ega bo‘lmagan kasallik ko‘rinishidir. Bunday vaqtda kasallikni aniqlash juda qiyin kechadi, bu esa kasallikning uzoq vaqt cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Infeksiyaning bu shakli juda muhim epidemiologik ahamiyatga ega. Chunki bunda bemor kasallik manbai sifatida mehnat qobiliyatini saqlagan holda infeksiya tarqatib yuradi. Inapparant (belgilarsiz) infeksiya – kasallikning klinik belgilarsiz kechadigan shaklidir. Faqat ular kasallikka xos bo‘lgan qo‘shimcha immunologik (bunda sðetsifik antitelolarning oshishi kuzatiladi) va boshqa laboratoriya tahlillarining o‘zgarishlari asosidagina aniqlanishi mumkin. Autoinfeksiya (endogen) – organizmning asosiy vazifalarini boshqarib turgan fiziologik mexanizmlar (immunitet, almashinuv jarayonlari va b.)ning buzilishi natijasida rivojlanadigan kasallik. Latent infeksiya – uzoq (6 oydan ortiq) davom etadigan yuqumli kasallik bo‘lib, ko‘ðincha ijobiy natija bilan yakunlanadi. Bu kuchsiz immun javobiga ega bo‘lgan kishilar organizmida uchraydi. Uzoq cho‘ziladigan kasallikning shakllanishidagi asosiy sabablardan biri– bu mikroorganizmlar o‘zgaruvchanligidir. Sust infeksiya – organizmga viruslar (virionlar, ðrionlar) tushishi natijasida rivojlanadigan yuqumli kasallikdir. Bu infeksiya uzoq (oylar, yillar) davom etadigan yashirin davrga egaligi, sekin rivojlanib borishi, to‘qima va a’zolarning o‘ziga xos zararlanishi, onkogen ta’siri va ko‘ðincha o‘lim bilan tugashi bilan xarakterlanadi. Infeksiya tashuvchanlik – infeksiya tashib yuruvchilar (bakteriya, ðarazit, virus tashuvchanlik) sog‘lom bo‘lishlari mumkin (tranzitor tashuvchanlik). Bunda organizmda kasallik qo‘zg‘atuvchisining bo‘lishiga qaramay nafaqat kasallik belgilari, balki immunologik o‘zgarishlar ham kuzatilmaydi. Yuqumli kasallik yakunida 3 oygacha kasallik qo‘zg‘atuvchisining toðilishi o‘tkir rekonvalessent deb yuritiladi, 3 oydan oshsa – surunkali deyiladi. Reinfeksiya – mazkur mikrobning organizmga qayta tushishi natijasida kasallikning yana rivojlanishidir. Suðerinfeksiya – birlamchi mikrobning organizmda yo‘qolmasdan turib qaytalanishidir Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining kishilar jamoasi orasida tarqalishi eðidemik jarayon deyiladi. Eðidemik jarayon quyidagi uchta zaruriy sharoit (harakatlantiruvchi kuchlar) mavjud 30 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bo‘lgandagina vujudga keladi: 1. Infeksiya manbai. 2. Infeksiyaning yuqish mexanizmi. 3. Aholining kasallikka moyilligi. Ko‘rsatilgan bu sharoitlardan birortasi bo‘lmasa, eðidemik jarayon to‘xtaydi. Shuni ham aytish zarurki, bu sharoitlarning mavjudligigina eðidemik jarayon rivojlanishi uchun yetarli emas. Imkoniyat qulay sharoitlar bo‘lgandagina reallikka aylanadi. Odamning bunday hayotiy sharoitlariga tabiiy va ijtimoiy sharoitlar kiradi. Eðidemik jarayonning birlamchi elementi eðidemik o‘choqdir. Eðidemik o‘choq – bu infeksiya manbaining konkret holatda mazkur infeksiyaning atrofdagi kishilarga yuqishi mumkin bo‘lgan ma’lum territoriyasi hisoblanadi. Eðidemik jarayonning quyidagi darajalari farqlanadi: 1. Sporadik kasallanish – kasallanishning onda-sonda uchrab turishi. 2. Epidemiya – mazkur joyda kasallanishning ancha ko‘ð uchrashi (sðoradik kasallanish darajasidan 3–5 marta va undan ortiq ko‘payishi). 3. Pandemiya – grekcha «umumxalq» degan ma’noni anglatadi. Ko‘ð mamlakatlar va hatto mintaqalarni qamrab oluvchi katta eðidemiya – ðandemiya deyiladi (masalan, 1889, 1918, 1957 va 1968-yillardagi griðð ðandemiyasi, 1894-yildagi o‘lat ðandemiyasi). Shunday kasalliklar borki, bu kasalliklarning yovvoyi hayvonlar (masalan, kemiruvchilar, qushlar va b.) orasida tabiiy rezervuarlari mavjud. Kasallikning tarqalishi bu hayvonlar va kasallik tarqatuvchilar (bo‘g‘imoyoqlilar) yashashi uchun qulay bo‘lgan ma’lum territoriyada chegaralanadi. Bunday kasalliklar tabiiy o‘choqli kasalliklar deb ataladi. Bunday infeksiyalarga o‘lat, tularemiya, kanadan yuqadigan rikketsiozlar, leyshmaniozlar va boshqalar kiradi. Download 23.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling