Yurak Aritmiyalari Aritmiya ta’rifi
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Yurak Aritmiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinika
Paroksizmal taxikardiya
Ushbu aritmiyada tezkor tarzda, xurujsimon yurak urushi tezlashadi. Patologik o’choqni qaerda joylashganligiga qarab – qorincha - atrio-ventrikulyar - bo’lmacha - sinusli formalari tafovut qilinadi. Ushbu aritmiyani kelib chiqish sababi yaxshi o’rganilmagan bo’lsada, asosan yurak qon tomir tizimi faoliyati buzilishidan kelib chiqadi, bah zida sog’lom odamlarda ham kuzatish mumkin. Paroksismal taxikardiya - qo'zg'aluvchanlik funktsiyasining buzilishidan kelib chiqqan aritmiya, IR bilan fiziologik ritmni butunlay bostiradigan tez takrorlanadigan ekstrasistollar guruhining paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Paroksismal taxikardiyada yurakning normal ritmi daqiqada 140 dan 250 gacha bo'lgan qisqarish huruji bilan to'satdan to'xtatiladi. Hurujning davomiyligi har xil bo'lishi mumkin - bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha, shundan so'ng u xuddi to'satdan to'xtaydi va normal ritm boshlanadi. Paroksismal taxikardiyaning Atriyal turi eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Va o'tkazuvchanlik tizimi bo'ylab harakat potentsiallarining davomiyligi va refrakter davrlarning davomiyligi ortib borayotganligi sababli, uning distal joylashgan qismlari har doim ham proksimal qismlardan keladigan impulslarning chastotasini takrorlay olmaydi. Shuning uchun atriyal taxikardiyadagi impulslarning aksariyati atriyoventrikulyar tugun tomonidan amalga oshirilmaydi. Giss to'plamining o'ng oyog'i tolalaridagi refrakter davrlar va harakat potentsiallarining davomiyligi chapga qaraganda uzoqroq bo'lganligi sababli, impulslarning yuqori chastotasida o'ng qorinchada qo'zg'alishning o'tkazilishi ko'proq buziladi. Klinika: Aritmiya turlicha kechadi, xuruj darxol boshlanishi mumkin, ular orasidagi interval va davomiyligi ham turlicha bo’ladi. Bemorning hech qaeri og’rimaydi, xuruj ko’proq uyqu paytida boshlanadi. Bahzida odam ozgina xayajonlansa yoki jismoniy yuklama olganda ham kuzatish mumkin. Ayrim bemorlar yurak o’ynashiga, bosh aylanishi va kurak orasida kuchli og’riqqa shikoyat qiladalar. Ushbu holatlarda xurujni boshlanishiga toj tomirlarda qon aylanishini buzilishi sabab bo’ladi. Xuruj vaqtida yuz va shilliq qavat oqarib, so’ngra ko’karib ketadi. Bemorda yurak urish chastotasi avval aytganimizdek 140 dan 250 tagacha kuzatiladi. Auskultatsiya jarayonida tonlar qattiq eshitiladi, xuruj vaqtida sistolik bosim, minutli xajm, siydik ajralishi pasayadi. EKGda R va T tishlar qo’shilib ketadi. Qorincha kompleksi aytarli o’zgarmaydi. Atrio-ventrikulyar paroksizmal taxikardiyada R tish manfiy bo’ladi. Miokardni zararlanganda xuruj uzoq davom etadi, natijada yurak yetishmovchiligi kelib chiqadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling