Yurak Aritmiyalari Aritmiya ta’rifi
Bo’lmachalar fibrillyatsiyasida
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Yurak Aritmiyalari
Bo’lmachalar fibrillyatsiyasida
(mertsaniya) bo’lmachalar 400-600 tagacha qisqaradi. Ushbu aritmiyada, bo’lmachalarni ayrim mushak tolalari qisqaradi xolos, butunlayicha esa, to’liq bo’lmagan qisqarish xolatida bo’ladi, natijada bo’lmacha qon otib berish vazifasini bajara olmaydi. Bu vaqtda, bo’lmachalarni ayrim muskul tolalaridan kelayotgan impulslar atrioventrikulyar tugunni qo’zg’ata olmaydi yoki bu xolat neregulyar tarzda ro’y beradi, shundan qorinchalarni qisqarishi tasodifiy xarakterga ega bo’ladi. Ayrim xolatlarda qorincha to’liq qon bilan to’lmay turib, qisqarishni boshlab yuboradi, natijada bemorlarda puls to’lqini kuzatilmaydi, yahni puls defitsiti yuzaga chiqadi. Ushbu aritmiyalar, yurak nuqsonlarida - aterosklerotik kardiosklerozda - tireotoksikozda - chap arioventrikulyar teshikni stenozida kelib chiqadi. Qorinchalar fibrilyatsiyasi Ushbu aritmiyaga narkoz, kuchli elektr toki, kuchli zaharlanish ochiq yurak operatsiyalari, o’pka arteriyasini tiqilib qolishi va keskin gipoksiyalar olib kelishi mumkin. Bu aritmiyada, qorinchalarni ayrim muskullarini xaotik tarzda qisqarishidan, qorinchalarni umumiy qisqarish kuchi juda past bo’ladi, shundan qon aylanish to’xtaydi, bemor xushidan ketadi va o’lim bilan tugashi mumkin. Aritmiyani boshlanishida, bemor yuzi oqaradi, so’ngra ko’karib ketadi, xushidan ketadi. Yurak tonlari eshitilmaydi, klonik va tonik titrashlar kuzatiladi. Adam-Stoks-Morgani sindromini kuzatish mumkin. EKGda qorincha kompleksi o’rniga, har xil amplitudali to’lqinlar paydo bo’ladi, ular asta-sekin so’nib boradi. Ayrim xolatlarda, yurak faoliyati normallashib, bemorni ahvoli yaxshilanishi mumkin. Qorinchalar fibrillyatsiyasini kelib chiqishi quyidagicha tushuntiriladi. Kardiomiotsitlar ichida K + ionini kontsentratsiyasi ozayib ketadi, bu esa uning membrana potentsialini pasayishiga olib keladi, natijada membrana osonlik bilan depolyarizatsiyalanadi va qo’zg’aladi, albatta bu xolatda kataxolaminlar rolini ham esdan chiqarmaslik lozim.Bunday bemorlarni davolashda bir marttalik elektrik razryad zarur. Ta’sir natijasida, barcha miokard tolalarda bir vaqtda depolyarizatsiya yuzaga chiqadi, bu esa muskullarni asinxron qo’zg’alishini oldini oladi. Qorinchalar fibrillyatsiyasini oldini olish uchun, qonning tuzli tarkibini korrektsiya qilish lozim. Hozirgi vaqtda eng ko'p e'tirof etilgan - atriyal fibrilatsiyaning rivojlanish mexanizmini tushuntiruvchi impulslarning qayta kirishi nazariyasi bor. Ushbu nazariyaga ko'ra, chayqalish va miltillash o'tkazuvchanlik buzilishlari natijasida paydo bo'ladi, bunda impulslarning tarqalishi faqat bir (antegrad) yo'nalishda to'xtaydi va teskari (retrograd) yo'nalishda davom etadi. Bu miyokard bo'ylab impulslarning doimiy dumaloq harakati uchun sharoit yaratadi. Oddiy sharoitlarda, bir joyda paydo bo'lgan qo'zg'alish to'lqini yurak kamerasining ikkala tomoniga tarqaladi. Qarama- qarshi devorga etib borgach, u o'tga chidamli zonani qoldirgan boshqa to'lqinga duch kelib, o'ladi. Biroq, vaqtinchalik blokirovkaning paydo bo'lishi yoki ba'zi miokard tolalari bo'ylab qo'zg'alishning kechikishi tufayli qo'zg'alish refrakter holatini tark etgan joyga kelsa, u holda uzoq muddatli qon aylanishi uchun bir marttalik impuls paydo bo’ladi. Bu esa yomon, juda yomon. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling