Yurak Aritmiyalari Aritmiya ta’rifi
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Yurak Aritmiyalari
Klinika: Kasal aytarli shikoyat qilmaydi, bahzida boshi aylanadi. Bemor yuragi eshitib
ko’rilganda ikkala ton ham eshitilmaydi. Bo’lmacha blokadasi To’liq va chala bo’lishi mumkin. Klinikasida aytarli simptomlar bo’lmaydi. Faqat EKGda R tish kengayadi, ikki fazali bo’lib qoladi. To’liq bo’lmacha ichi blokadada EKGda R tish ikkita bo’lib qoladi. Endi qorincha, ikkala o’chog’dan kelayotgan impulg’slarga qo’zg’alish bilan javob beradi. Atrioventrikulyar (ko’ndalang) blokada Bo’lmacha va qorincha o’rtasida impulg’slar ushlanib qoladi. To’liq va chala blokadalar tafovutlanadi. To’liq atrioventrikulyar blokada - infektsion kasalliklarda - intoksikatsiya - toj tomirlarda qon aylanishni buzilishidan kelib chiqadi To’la bo’lmagan atrioventrikulyar blokadani 3 ta darajasi tafovutlanadi. 1- darajada, bo’lmachadan qorinchalarga impulg’slarni o’tish vaqti uzayadi, P-Q interval 0,2-0,5 sekni tashkil qiladi. 2 -darajada (Venkebax davrlari) P-Q interval davomiyligi ortib borib, sakkizinchi yoki to’qqizinchi qo’zg’alish tushib qoladi, qorinchalar qisqarishi tushib qolgandan so’zng esa, P-Q interval davomiyligi normalashadi. Taxmin qilishlaricha, ushbu fenomen, tugun orqali qo’zg’alishlarni o’tishini qiyinlashuvidan yuzaga keladi. 3 -darajada, ikkinchi yoki uchinchi qo’zg’alishlar tugun orqali o’tmay, tushib qoladi. To’liq atrioventrikulyar blokadada, bo’lmacha va qorinchalar bir-biri bilan kelishilmagan xolda qisqara boshlaydi, yurakning har bir qismini o’z ritmi bo’ladi, 1 minutda bo’lmacha 70 ta qisqarsa, qorinchalar 35 ta atrofida qisqaradi (idioventrikulyar ritm). To’liq bo’lmagan atrioventrikulyar blokadani, to’liq atrioventrikulyar blokadaga aylanishini bilishimiz amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Atrioventrikulyar tugun hujayralari membranasida sekin diastolik depolyarizatsiya, sinus tugundan impulg’slar kelmay qo’ygandan so’ng, birmuncha vaqtdan keyin yuzaga keladi. Bu davrni preavtomatik pauza deb nomlashdi, bu pauza mobaynida qorinchalar asistoliyasi kuzatiladi, buning oqibatida, bosh miyaga qon kelishi buziladi, bemor hushidan ketadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling