4-mavzu: Yurak auskultatsiyasi. Sog’lom odamning yurakdagi normal tovushlarning tasviri. Yurak tovushning eshitilish joylari
.
AUSKULTATSIYA Yurak auskultatsiyasidan maqsad uning faoliyati natijasida yuzaga keladigan tovushlami eshitish hamda baholash. Yurak faoliyatida ikki xil tovush qayd qilinadi: * uzoq davom etuvchi tovushlar shovqinlar. Yurakni eshitib korish yurak qon-tomir tizimini obyektiv tekshirishda muhim bosqich hisoblanadi. Auskultatsiya malumotlarini togri baholash va tahlil qilish uchun qopqoqchalar bilan bogliq tovushlar yaxshi eshitiladigan joylami bilish lozim. Trikuspidal va mitral qopqoqchalari ulaming joylashishiga kora kopincha atrioventrikulyar qopqoqchalar deb ataladilar. Aorta va opka arteriyasi ozanini yopib turuvchi qopqoqcha tabaqalari yarimoyni eslatgani uchun yarimoysimon qopqoqchalar deb ataladi. Qopqoqchalami kokrak qafasining oldingi devoridagi proyektsiyalari bir-biriga yaqin joylashgan: ■ mitral qopqoqchalar - proyeksiyasi to‘shning chap tomonida IV qovurg‘a yopishgan sohada ■ uch tabaqali qopqoqchalar - chap tomonda III qovurg‘aning tog‘ayi va o'ng tomonda V qovurg'aning tog‘ayi to‘shga yopishgan joylaming orasidagi masofaning o‘rtasida ■ o'pka arteriyasi qopqoqchasi proyeksiyasi to'shdan chap tomonda П qovurg‘a oralig‘ ida ■ aorta qopqoqchalari - to‘shning o‘rtasida III ko'krak tog'aylari sathida . Ammo yurak tovushlarining eshitilishi faqat uning to'lqinlari paydo bo'ladigan joyga emas, balki ulami qon oqimi bilan o'tkazilishi va tovushni hosil qilayotgan yurak bo'limini ko'krak qafasining devoriga qanchalik yaqin joylashganligiga ham bog'liq. Bu har bir qopqoqchalar harakati bilan bog'liq bo'lgan tovushlami ko'krak qafasini oldingi devorida yaxshi eshitiladigan sohalami aniqlash imkonini beradi (3 7-rasm): ♦ MITRAL QOPQOQCHALAR UCHUN - cho'qqi turtkisi sohasi (chunonchi, tebranishlar chap qorinchaning qalin mushaklaridan yaxshi o'tkaziladi va sistola vaqtida yurak cho'qqisi ko'krak qafasi oldingi devoriga juda yaqin keladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |