Юрак аритмиялари
♦ UCH TABAQALI QOPQOQCHALAR UCHUN - to'shning pastki cheti, xanjarsimon o'simta asosida (o'ng qorincha sohasi)
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- AORTA QOPQOQCHASI
- YURAK TONLARI
♦ UCH TABAQALI QOPQOQCHALAR UCHUN - to'shning pastki cheti, xanjarsimon o'simta asosida (o'ng qorincha sohasi);♦ О‘PKA TUTAMI QOPQOQCHALARI UCHUN - eng yaxshi eshitilish nuqtasi uning chin proyeksiyasiga, ya’ni to'shdan chap tomonda ikkinchi qovurg'a oralig'ida joylashgan;♦ AORTA QOPQOQCHASI - to'shdan o'ngda ikkinchi qovurg'a oralig'ida eng yaxshi eshitiladi, chunki shu yerda u ko'krak qafasi oldingi devoriga juda yaqin keladi. Shuningdek, aorta qopqoqchalari faoliyatida yoki uning shikastlanishida yuzaga keladigan tovushlar auskultatsiyada to'shdan chapda unga III-IV qovurg'alami birikish joylarida aniqlanadi (auskultatsiyaning V - Botkin - Erb nuqtasi).YURAK TONLARI Yurak faoliyati davrida yurak tonlari deb ataladigan tovushlar yuzaga keladi. Sog'lom kishilarda yurak auskultatsiyasida ikkita ton yaxshi eshitiladi: I ton sistola vaqtida yuzaga keladi - sistolik; II ton diastola vaqtida yuzaga keladi -diastolik. Yurakning III va IV tonlari ham farqlanadi, biroq ular past to'lqinli tebranishlarga ega; III ton П ton boshlanishidan 0,12-0,15 daqiqa o'tgach, yurak diastolasi vaqtida qorinchalami qon bilan tez passiv to'lishi oqibatida yuzaga keladigan tebranishlar natijasi hisoblanadi. IV ton qorinchalar diastolasi oxirida yuzaga keladi va boImachalar qisqarishi hisobiga ulami tezda tolishi bilan bog'liq bo'ladi. Yurak tonlari paydo bo'lish mexanizmini yaxshi tushunish uchun uning qisqarish tsikllarini qayta eslash lozim. Diastola vaqtida qon bilan to'lgan chap bo'lmachadagi bosim bo'shalgan chap qorinchadagi bosimdan birmuncha yuqoriroq bo'ladi va qon chap bo'lmachadan ochiq mitral qopqoqcha orqali chap qorinchaga yo'naladi. Bevosita qorinchalar sistolasi boshlanishidan oldin bo'lmachalar qisqarishi tufayli ikkala kamerada ham bosimning birmuncha oshishi kuzatiladi. Qorinchalar sistolasi vaqtida ulaming qisqarishi boshlanadi va qorinchalar ichi bosimi chap bo'lmachadagi bosimga nisbatan oshadi, natijada mitral qopqoqcha tabaqalari yopiladi. Ulaming yopilishida yurakning I toni hosil bo'ladi. Qorinchalar ichidagi bosimning oshishi tez orada uning aortadagi bosimdan ham yuqori ko'tarihshiga olib keladi va aorta qopqoqchasi tabaqalari ochiladi. Bazi patologik holatlarda aorta qopqoqchasi ochilishi erta sistolik haydash toni bilan birga kechadi. Meyorida qorinchalar ichidagi bosim maksimal ko'tarilganda uning ko'rsatkichi sistolik arterial bosimga to'g'ri keladi. Qorincha katta miqdordagi qonni haydab chiqargandan so'ng undagi bosim pasayib boradi.Chap qorinchadagi bosim aortadan so'ng aorta qopqoqchalari tabaqalari berkiladi. Uning natijasida yurakning П toni yuzaga keladi va navbatdagi qorinchalar diastolasi boshlanadi. Qorinchalar ichi bosimi diastola vaqtida pasaya boradi va chap bo‘lmachadagi bosimga nisbatan kamayadi. Oqibatda mitral qopqoqchalar ochiladi. Bu odatda tovushsiz kechsa ham ayrim hollarda mitral stenozda ochilish chertkisi eshitiladi. Songra erta diastola vaqtida qorinchalami chap bolmachadan kelayotgan qon bilan tezda tolish davri boshlanadi. Bolalar va yoshlarda ushbu davrda yurakning III toni eshitilishi mumkin. Nihoyat, doim bolmasa ham bazan bo'lmachalar qisqarishi vaqtida yurakning IV toni eshitiladi. Uning ketidan navbatdagi qisqarish kuzatilib yani I ton yuzaga keladi. Yuqorida korsatilganlar yurakning chap tomonida yuzaga kelsa shunday holat uning ong tomoni yani ong bo'lmacha va qorincha, uch tabaqali qopqoqchalar, opka arteriyasi qopqoqchalari va arteriyaning o'zida ham kuzatiladi. O'ng qorincha va o'pka arteriyasida bosim odatda yurakning chap qismiga nisbatan bir muncha past. Shu orinda yuqorida qayd etilgan jarayonlar yurakning o'ng qismida chapga nisbatan kechroq yuzaga kelishini takidlab o'tmoq lozim. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling