Юрак аритмиялари
chiqadi va immunologik birikmalar (streptokokk antigeni+ularga qarshi antitanalar+komplement) paydo boʻladi
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
chiqadi va immunologik birikmalar (streptokokk antigeni+ularga qarshi antitanalar+komplement) paydo boʻladi.Revmatizmdagi tizimli yallig‘lanish biriktiruvchi to‘qimaning o‘ziga xos davriy o‘zgarishlari (mukoid bo‘kish — fibrinoid o‘zgarishlar — fibrinoid nekroz) va hujayralar reaksiyalari (limfotsit va plazmotsitlar sizilishi, revmatik, yaʼni Ashof-Talalayev bo‘rtmachalari hosil bo‘lishi) bilan kechadi. Bu hujayralar reaksiyasi immunologik o ‘zgarishlarning m orfologik ko‘rinishi boʻladi. Yalligʻlanishning birinchi mukoid bo‘kish davrida biriktiruvchi to‘qimada asosan nordon mukopolisaxaridlar, gialuron kislota va xondroitin sulfat moddalari depolimerizatsiyasi sababli o‘rin almashish ro‘y beradi. Ikkinchi davrida biriktiruvchi to‘qimada fibrinoid o‘zgarishlarrndir boʻladi. Bunda plazma oqsillaridan hosil bolgan fibrinoid biriktiruvchi toqimaning asosiy moddasi tom irlar devorida chokadi. Shu ozgarishlarga javoban biriktiruvchi to qim ada yichinchi davrda proliferatsiya yuz berib, revmatik (Ashof-Talalayev) bortmachalari va biriktiruvchi toʻqimaning parchalanishi sodir bo‘ladi. Patologik jarayonning to‘rtinchi davri skleroz hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi, Bu davr oʻrtacha 1-1,5 oy davom etib, butun patologik jarayon 4-6 oy bo‘ladi.Maʼlumki, revmatizmda yurak va qon tomirlar tizimi jarohatlanadi. Shu sababli, revmatizmning hamma belgilarini yurak va yurakdan tashqari belgilarga boʻlish maqsadga muvofiq bo‘lib, kasallikning klinik manzarasini shu nuqtai nazardan oʻrganish kerak. Revmatizmning klinik manzarasi kasallikning davri, yallig‘lanish jarayonining faollik darajasi, kechish xususiyati, tabiati, yurak illatlari va yetishmovchiligi mavjudligi va boshqalarga bogʻliq bo‘ladi. A.I.Nesterov fikricha, kasallikning rivojlanishi va klinik manzarasi shakllanishida uchta asosiy davmi farq qilish kerak. Birinchi (yashirin) davr, odatda streptokokk infeksiyasi tugab, revmatizm xuruji boshlanguncha 2-4 hafta davom qiladi. Bu davr tana sezuvchanligioshib, biriktiruvchi toqimaning toksik-infeksion shikastlanishi va streptokokk antigeniga javoban immun siljishlar ro‘y berishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu davr yo klinik belgilarsiz yoki choʻzilgan angina, surunkali tonzillitdan kechikib tuzalishga xos belgilar: o‘zni yomon his qilish, terlash, artralgiyalar, subfebrilitet bilan kechadi. Qonda streptokokk antigeni, antitanalar titri kotarilishi, ECHTning ortacha oshishi kuzatiladi.Revmokardit, revmatik kardit (yun. kardia yurak) revmatizm oqibatida kelib chiqadigan yurak kasalligi. Bunda yurakning ichki (endokardit), muskulli (miokardit) va tashqi (perikardit) qavatlari yalligʻlanishi mumkin. Bemor darmonsizlanadi, isitmalaydi, yuragi tez-tez uradi va ogʻriydi, nafasi qisadi. Revmokardit dan soʻng koʻpincha yurak poroklari kelib chiqadi. Revmokardit yengil kechganda (boʻgʻimlar yalligʻlanmay, kasallik belgilari roʻyirost koʻrinmaganda) kasallik bemorni bezovta qilmay, oʻtib ketishi ham mumkin, shunga qaramasdan yurakda jiddiy patomorfologik oʻzgarishlar yuzaga keladi. Shuning uchun ham revmatizmning dastlabki alomatlari vujudga kelganda darhol vrachga murojaat qilish zarur (qarang Revmatizm). Revmokardit qaytalaganda bemorning ahvoli ogʻirlashadi, qon aylanishi buziladi, shuningdek, yurak porogi va miokardda chandikli oʻzgarishlar paydo boʻlishi kuzatiladi. Revmokardit ning oldini olish va davolashda vrachga uchrashib, uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish kerak.Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling