Юрак аритмиялари


Qo’llanmada yurak qon tizimi kasalliklarini davolash va erta tashxislashda normal anatomiya, normal


Download 1.61 Mb.
bet6/115
Sana08.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1249454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2

Qo’llanmada yurak qon tizimi kasalliklarini davolash va erta tashxislashda normal anatomiya, normal

fiziologiya, umumiy biologiya va tibbiyot genetikasi, bioximiya va mikrobiologiya fanlari bilan vertikal integrasiya va patologik anatomiya, patologik fiziologiya, umumiy xirurgiya va farmakalogiya fanlari bilan gorizontal integratsiya asosida olib boriladi. Talabalar bu qo‘llanmani o‘rganish jarayonida yurak qon tizimi kasalliklarini davolash va erta tashxislashda zarur tibbiy yordam ko‘rsata olish, kasallikni davolash uchun to‘g‘ri taktikani tanlash, tipik tug‘ma va orttirilgan Yurak qon tizimi kasalliklarini davolash va erta tashxislashni o‘rganish keyingi davolash uslublariga baho bera olish kerak.

Mazkur o‘quv qo‘llanma yurak qon tizimi kasalliklarini davolash va erta tashxislashda kasalliklari to‘g‘risida yozilgan nashrlardan bo‘lgani sabab ayrim xato va kamchiliklardan xoli emas deb hisoblaymiz.

Shuning uchun xurmatli o‘quvchilarimiz o‘quv qo‘llanma mazmuni haqida bildirilgan taklif va mulohozalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.




Muallifdan.
1 - mavzu: Yurak qon-tomir kasalligi bilan og’rigan bеmorlarni tеkshirish usullari. So’rab-surishtirish, ko’zdan kеchirish. Yurak soxasini, pеriferik tomirlarini ko’zdan kеchirish. Yurak soxasini palpatsiya qilish

Yurak qon-tomir tizimiga a’zolami uzluksiz qon bilan ta’minlab turadigan yurak va qon tomirlari kiradi. Inson organizmida qonning harakatlanishi uning qon aylanish doirasi deb ataladi. Qon tanadagi har bir a’zo va hujayralar faoliyatini ta’minlaydigan va ulami bir-biri bilan bog‘lovchi, organizmning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yurak qon-tomir tizimi yordamida barcha to'qima va a’zolar kislorod, oziq moddalar va zamr gormonlar bilan ta’minlanadi va parchalangan mahsulotlar undan chiqarib yuboriladi.




So‘rab - surishtirish
So'rab - surishtirish bemoming asosiy shikoyatlari va ulami batafsil tafsilotlarini aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra umumiy va boshqa ushbu tizimga bog'liq bo'lmagan shikoyatlar aniqlanadi. Undan keyin kasallikni rivojlanish tarixi va bemor hayot tarixi so'raladi.

Shikoyatlari


Yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga xos bo'lgan asosiy shikoyatlarga quyidagilar kiradi:
❖ Ко ‘krak qafasidagi og ‘riqlar;
❖ Hansirash, nafas qisishi;
❖ Yo ‘tal;
❖ Qon tupurish;
Shishlar;
❖ О 'ng qovurg ‘a ostidagi og ‘riq;
❖ Qorin о ‘Ichamlarining kattalashishi;
❖ Yurak tez urib ketishi yoki noto ‘g ‘ri urishi;
❖ Bosh og ‘rig ‘i va bosh aylanishi.
Ko'krak qafasidagi og'riq
Bu belgi ko'proq yurak qon-tomir va nafas olish a’zolari, kam hollarda suyak va mushak, nerv, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarida kuzatiladi. Yurakni turli xil kasalliklarida og'riq xarakteri turlicha bo'ladi. Shu sababli bemordan so'rab-surishtirganda og'riq to'g'risida batafsil ma’lumot olish kerak.
Xususan quyidagilarga e’tibor beriladi:
Joylashishi - og'riq qayerda joylashgan?
Qayerga uzatiladi?
Xususiyati — sifati.
U nimani eslatadi (o'tkir, simillovchi og'riqlar), to'sh ortida og'irlik yoki siquvchi his, yoxud yurak cho'qqisidagi kuchsiz simillovchi og'riqlar? Intensivligi. Og'riqni qanchalik kuchliligi?
Paydo bo'lish vaqti. Qachon boshlanganligi? Davomiyligi? Necha marta paydo bo'lishi?
Og'riqni kelib chiqish sabablari - atrof muhit ta’sirida, ruhiy holatlar yoki boshqalar (jismoniy zo'riqish, yurish yoki tinch holatda, uyquda paydo bo'lishi);
Og'riqni kuchayishi yoki kamayishiga olib keluvchi omillar;
Yondosh belgilar. Ko'p hollarda ko'krak qafasidagi og'riqlar toj tomirlarda qon aylanishining buzilishi oqibatida yuzaga keladi (stenokardiya yoki miokard infarkti). Toj tomirlar zararlanishi bilan bog'liq bo'lmagan yurakdagi og'riqlar miokarddagi modda almashinuvi buzilishi oqibatida yoki infeksion-allergik va disgormonal omillar ta’sirida kuzatilishi mumkin. Shuningdek, ba’zan yurak sohasidagi og'riqlarga sil va revmatizm kasalliklari, uremiyada perikard shikastlanishi va xavfli o'smalar metastazi, o'pka va plevradagi yallig'lanish jarayonlarini perikardga tarqalishi sabab bo'ladi. Hayot uchun xavf soluvchi va yurak sohasida og'riq bilan kechuvchi holatlarga aortani qavatlanuvchi anevrizmasi va o'pka arteriyasining tromboemboliyasi kiradi.
Ko‘p hollarda og‘riq yuzaga kelishiga miokardni o‘tib ketuvchi ishemiyasi sabab bo‘ladi. Undagi og‘riq sindromi stenokardiya kasalligini belgisi hisoblanadi va u quyidagi xos belgilarga ega.

  • Og'riqni joylashishi

Odatda, to‘sh ortida yoki undan biroz chapda

  • Og'riqni tarqalishi

Ko'proq chap kurak ostiga, bo‘yinga, chap qo'lga, jag‘ga

  • Yuzaga kelish sababi va sharoiti

Jismoniy zo‘riqishda, hayajonlanganda, ovqatlanish vaqtida

Bosuvchi, siquvchi

  • Og'riqni davomiyligi

Bir necha soniyadan 30 daqiqagacha

  • Nimalar ta ’sirida og 'riq o'tib к etadi

Tinch holatda yoki nitroglitserin qilganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tgach


ANAMNEZ

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling