Yurak faoliyatini boshqarilishini o'ziga xosligi


Download 0.7 Mb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1553306
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yurak ish faoliyati

Miokordning refrakterlik davri va ekstrasistola. Yurak miotsitlarini harakat patentsiali 0,3 sek davom etadi. Bu skelet muskullari XP dan 150 marotaba davomliroqdir.XP rivojlanayotganda xujayra keyingi ta’sirlarni qabul qilmaydi, qo’zg’almaydi ya’ni refrakter davrda bo’ladi. Uning refrakterlik davri skelet muskullari refrakterlik davridan 100 barobar uzoq davom etadi. Bu hususiyat yurakni a’zo sifatida bajaradigan vazifasi uchun juda zarur. XP vaqtida boshqa kelgan ta’sirotlarga umuman javob bermaydi. Bu esa yurakni ritmik qisqarishlari uchun juda muhim (tetanik qisqarishlardan mahrum).
Ishlab turgan yurakka uning qisqarishlarini turli davrlarida ta’sirot berilsa, har xil javob olish mumkin Agar bu ta’sirot sistola vaqtida, ya’ni mutloq refrakter davrida berilsa ta’sirot qancha kuchli bo’lishiga qaramay javob qaytarmaydi. Refrakterlik davri sistola davri bilan bir xil davom etadi.
Muskul bo’shasha boshlasa qo’zg’aluvchanlik tiklana boshlaydi va nisbiy refrakterlik davri boshlanadi. Yurak muskullarining XP 0,3 sek davom etadi. Mutloq refrakterlik davri 0,27 sek davom etadi. Nisbiy refrakterlik davri esa 0,03 sek ga teng. Bu davrda kuchli ta’sirot berilsa yurak muskuli javob qaytara oladi. Juda qisqa vaqt qo’zgaluvchanlikning supernormal davri davom etadi, bu davrda bo’sag’a osti kuchi bilan ta’sir etilsa ham muskul qisqarish bilan javob beradi.
Yurakning qon haydash vazifasi. Yurak miokardi sinixron, doimiy qisqarib turishi hisobiga tomirlar tizimiga qonni xaydab beradi. Miokardning qisqarishi uni bo’shliqlarida bosimning ortishini ta’minlab, qonni xaydaydi. Har ikkala bo’lmachalar teng qisqaradi. Qisqarishlar tugagandan so’ng qorinchalar ham bir vaqtda qisqaradi. Bo’lmachalarning qisqarishi kovak venalari soxasidan boshlanadi. Shundan so’ng uning yuqori qismi qisiladi natijada qon bir yo’nalishda bo’lmacha va qorinchalar orasidagi teshik orqali qorinchalarga o’tadi. Teshikchalarda klapan bo’lib, ular sistola vaqtida tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib qo’tishiga to’sqinlik qiladi. Klapanlarning pay iplari bo’lib, ular klapanni bo’lmachalar tomoniga ochilishiga to’sqinlik qiladi. Chap qorincha va bo’lmachalar orasida ikki tavaqali (mitral), o’ng qorincha va bo’lmacha oralig’ida uch tavaqali klapanlar bor.
Qorinchalar muskullarining qisqarishi natijasida bosim orta boshlaydi. Chap qorinchadan aortaga, o’ng qorinchadan o’pka arteriyalariga qonni xaydab beradi.
Aorta va o’pka arteriyalarining boshlangan joylarida yarimoysimon klapanlar bor. Diastola vaqtida qonni orqaga qaytishiga yo’l qo’ymaydi.
Qorinchalar va bo’lmachalar diastolasi vaqtida, bu qismlarda bosim nolga teng bo’ladi. Natijada qon venalardan bo’lmachalarga, undan so’ng qorinchalarga o’tadi.
To’rtinchidan- ko’krak qafasini so’rib olish xususiyati bilan bog’liq. Ko’krak qafasi germetik kamera bo’lib, nafas olganda o’pkaning elastik tortishish kuchi manfiy bosim hosil qiladi. Nafas olganda ko’krak qafasining ko’tarilishi va diafragmasining pastga tushishi, shu bo’shliqni kattalashtiradi. Ko’krak qafasi a’zolari va asosan kovak venalar cho’ziluvchan bo’lganligi uchun, u yerda va bo’lmachalarda bosim manfiy bo’lib qoladi. SHu omillar hisobiga qon yurakka oqadi.
Yurak sikli bosqichlari. Qonni uzluksiz harakatini yurakning to’xtovsiz ritmik qisqarishi va qon tomirlardagi bosimlar farqi ta’minlaydi. Yurak muskullarining qisqarishi sistola, bo’shashini diastola deb ataladi.
Bo’lmachalar sistolasi natijasida qon qorinchalarga xaydaladi, diastolasida esa qon venalardan tushadi. Qorinchalarning har bir sistolasida qon chap qorinchalardan aortaga, o’ng qorinchadan o’pka arteriyalariga xaydab chiqariladi. Diastala vaqtida esa bo’lmachalardan kelayotgan qon hisobiga to’ladi.Normal holatda sistola va diastola bir-biriga muvofiq sodir bo’ladi. Yurak muskullarini bir marotaba qisqarishi va so’ngra bo’shashishi yurak tsikli deb ataladi. Agar yurak bir minutda 75 marotaba qisqarib bo’shashsa, uning davomiyligi 0,8 sek ni tashkil kiladi.
Yurak faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari. Qonning minutlik xajmi. Yurakdan bir minut davomida xaydab chiqarilgan qon miqdoriga qonning minutlik xajmi deb ataladi. Inson tinch turganda yuragi 70-75 marotaba ursa, qonning minutlik xajmi 4-5 l ni tashkil etadi. Bir qecha kunduzda 10 tonna, bir yilda 4000 tonna, umr mobaynida esa o’rtacha 300000 tonna qonni xaydab chiqarar ekan. Qonning minutlik xajmini yurak urishlari soniga bo’linsa, yurakning sistolik xajmi kelib chiqadi. Odam tinch turganda sistolik xajm 65-70 ml ga teng. Shuni aytib o’tish kerakki sistola vaqtida qorinchalardan qonning taxminan yarmi xaydab chiqariladi. Qolgan qon esa rezerv xajm bo’lib, yurak qisqarishlari tezlashganda ehtiyojga qarab ortadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling