Tez yordam. Tok urgan joyga birinchi yetib kelgan kishi hammadan avval shikastlangan kishini tok ta’siridan qutqarish lozim. Tok urishining oldini olish uchun o'z-o'zini himoya qilish vositalarini qo'llab (rezina qo'lqop yoki kovush kiyish, oyoq ostiga izolyatsiya qiluvchi material qo'yish), rubilnikni o'chirish, saqlash qopqonlarini yechish, elektr simini quruq yog'och bilan olib tashlash yoki yog'och sopli boltada chopib tashlash kerak. Shikastlangan kishini xavfsiz joyga olib chiqish kerak va tezlik bilan tez yordam chaqirish lozim. Lekin vrach yetib kelguncha, darhol uni tiriltirishga kirishish kerak, ya’ni sun’iy nafas berish va yopiq yurakka massaj qilish. So'ngra bemorni eng yaqin davolash muassasasiga olib boriladi.
Adabiyotlar:
1. Ramazanova R.N. Tibbiyot hamshiralari uchun o'quv qo'llanma. -T., 1985.
2. Rayskiy V.A. Tibbiyot hamshirasi spravochnigi. -T., 1989.
3. O'ngiboev T.E. Shikastlarda va baxtsiz hodisalarda shoshilinch yordam. -T., 1999.
4. Salomatlik entsiklopediyasi. -T., 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |